Video

KXSHT tinchlikparvarlar askarlari uyda qanday kutib olindi - video

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qozogʻistonda tinchlikparvar operatsiyasi amalga oshirish uchun, Rossiya harbiy havo kuchlari 15ta Il-76 va 3ta An-124 samolyotlaridan foydalangan edi.
TOSHKENT, 18 yanv - Sputnik. Qozogʻistonda tinchlikparvarlik missiyasini yakunlab qaytib kelgan tinchlikparvar kuchlari Moskva viloyatidagi Chkalovskiy aerodromida non, tuz va orkestr sadolari ostida kutib olinmoqda.
KXSHT tinchlikparvar kuchlari Qozogʻistonda ommaviy tartibsizliklar boshlanganidan soʻng, prezident Qosim-Jomart Toqayev taklifiga binoan kiritilgan edi. Respublikada konstitutsiyaviy tartib oʻrnatilganidan soʻng prezident KXSHT qoʻshinlari qisqa vaqt ichida olib chiqilishini eʼlon qilgan edi.
Maʼlumot uchun, 15 yanvar shanba kuni KXSHT tinchlikparvar kuchlari tarkibida ishtirok etgan Rossiya harbiylari Qozogʻistondan 10ta samolyotda Ivanovo viloyatidagi “Severnыy” aerodromiga qaytib kelgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib oʻtamiz, Qozogʻistonda yangi yil bayramidan soʻng suyultirilgan gaz narxi oshishiga qarshi ommaviy noroziliklar boshlangan edi. Dastlab mamlakat shimoli gʻarbida boshlangan tinch namoyishlar mamlakat janubida ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan edi. Namoyishchilar siyosiy talablar qoʻyish, hukumat binolariga oʻt qoʻyish va magazinlarni talon-taroj qilishni boshlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0