O‘zbekistonda “Lochin” dronlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi – video

© AFP 2023 / GEORGES GOBETDron v vide ptisi
Dron v vide ptisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2022
Obuna bo‘lish
Ular razvedka qilish, zarba berish, real vaqt rejimida kuzatish, ma’lumot olish, artilleriya o‘t ochish jarayonini boshqarish kabi vazifalarni bajaradi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda “Lochin” uchuvchisiz uchish qurilmalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ular Uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ilmiy-ishlab chiqarish markazida ishlab chiqarilmoqda, deb xabar bermoqda Mudofaa sanoati matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, milliy loyiha Markaziy Osiyoda ilk bor O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan va yo‘lga qo‘yilgan.
Milliy brend ostida ishlab chiqilgan samolyot va kvadrokopter turidagi “Lochin” uchuvchisiz uchish qurilmalar bir qancha maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan.
Xususan, ular razvedka qilish, zarba berish, real vaqt rejimida kuzatish, ma’lumot olish, artilleriya o‘t ochish jarayonini boshqarish kabi vazifalarni bajarish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi, neft va gaz, o‘rmon xo‘jaligi, temir yo‘llar, geologiya, qidiruv sohalarida kartografiya, topogeodeziya, ekinlarni defoliatsiya qilish, qo‘riqxonalarni, yo‘llarni, ijtimoiy infratuzilma hamda muhim obyektlarni kuzatib borish va boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini beradi.
Yangiliklar lentasi
0