Dunyoda

Rossiya oʻz diplomatlarini Ukrainadan olib chiqishni rejalashtirmoqda - OAV

© AFP 2022 / Sergei SupinskyUkrainskiy flag na ploщadi Nezavisimosti v Kiyeve
Ukrainskiy flag na ploщadi Nezavisimosti v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yaqin vaqt ichida Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi va Lvov shahridagi konsulxonasidan yana 30 nafar diplomatlarni olib chiqish rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 18 yanv - Sputnik. Rossiya Ukrainadagi ikki diplomatik vakolatxonalaridan oʻz diplomatlarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda RT xorijiy OAVga asosan.
The New York Times nashriga bu haqida Ukraina Xavfsizlik xizmatining yuqori lavozimdagi mulozimi xabar qilgan.
Xabarda aytilishiga koʻra, 5 yanvar kuni 18 kishi Ukrainani tark etgan. Ular asosan diplomatlarning oila aʼzolari va bolalari boʻlishgan. Yaqin vaqt ichida Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi va Lvov shahridagi konsulxonasidan yana 30 nafar diplomatlarni olib chiqish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya - Ukraina chegarasida vaziyat keskinligicha qolayotgani haqida xabar bergan edi.
Maʼlumot uchun, oʻtgan haftada dastlab Jenevada, keyin Bryusselda Rossiya hamda AQSH va NATO vakillari bilan Rossiya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "Rossiya uchun tinchlik kafolati" shartnomasi muhokama qilingan edi. Shartnomada NATOning sobiq Ittifoq respublikalari hisobidan Sharqqa kengayishi va Rossiyaga tahdid solishini toʻxtatish talabi qoʻyilgan edi. Lekin AQSH va NATO ushbu shartlarni qabul qilmadi. Rossiya bunga javoban oʻz xavfsizligi maqsadida dunyoning istalgan nuqtasida oʻz qurollarini joylashtirishi mumkinligini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0