https://sputniknews-uz.com/20220118/samarqandda-it-tanlov-golibiga-berilgan-eski-noutbuk-yangisiga-almashtirib-berildi-22257262.html
Samarqandda IT tanlovi gʻolibiga berilgan eski noutbuk yangisiga almashtirib berildi
Samarqandda IT tanlovi gʻolibiga berilgan eski noutbuk yangisiga almashtirib berildi
Samarqand viloyatida IT tanlovi qatnashchisi nurobodlik Sardor Sattorovga berilgan eski noutbuk yangisiga almashtirib berildi.
2022-01-18T16:21+0500
2022-01-18T16:21+0500
2022-01-18T16:23+0500
jamiyat
samarqand
axborot texnologiyalari (it)
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/12/22257217_0:38:800:488_1920x0_80_0_0_97be0ba026078fe36642e1e6abfd8c70.jpg
TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Samarqand viloyatida IT tanlovi gʻolibi nurobodlik Sardor Sattorovga berilgan eski noutbuk yangisiga almashtirib berildi. Bu haqda IT Park matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, musobaqa viloyat hokimligi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etilgan.2022 yilning 6-7 yanvar kunlari tanlovning shahar va tuman bosqichlari oʻtkazilib, uning yakuniga koʻra viloyat bosqichiga yoʻllanma olgan gʻoliblar aniqlangan. Viloyat bosqichida 180 nafar oʻquvchi qatnashgan. Gʻoliblarga noutbuk, ikkinchi oʻrin sohiblariga planshet, uchinchi oʻrin egalariga esa mobil telefonlar sovgʻa qilingan.Shu bilan birga, shahar va viloyat bosqichlari gʻoliblarini taqdirlash marosimi ham oʻtkazilib, birinchi oʻrin gʻolibiga noutbuk, ikkinchi oʻringa smartfon, uchinchi oʻringa esa elektron kitoblar topshirilgan.Tuman bosqichida gʻolib chiqqan Sattorovga endi yangi kompyuter sovgʻa qilingan. Shuningdek, IT Park delegatsiyasi yosh mutaxassislar bilan suhbatlashib, kelgusida faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga Python dasturlash tili va IT uchun ingliz tili boʻyicha bepul kurslar taqdim etgan.Bundan tashqari, yosh isteʼdod egalariga “Coursera” platformasida mavjud maxsus kursga bepul kirish imkoniyati berilib, ularga brend sovgʻalari ulashilgan.Xalq taʼlimi vazirligi Nurobod tumanidagi 41-maktab 8-sinf oʻquvchisi Sardor Sattarovning "Bir million dasturchi" tanlovida foydalanilgan noutbuk berilgani toʻgʻrisidagi videomurojaati ishchi guruh tomonidan oʻrganilayotganini maʼlum qilgan.Hozir bu voqea ortidan Nurobod tumani Xalq taʼlimi boʻlimi taʼlim jarayoniga AKTni joriy etish shoʻʼbasi bosh mutaxassisi D.A.ishdan boʻshatilgan. Bundan tashqari, Nurobod tumani hokimining farmoyishi bilan mazkur holatda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan hokim oʻrinbosari Navroʻzbek Jaloliddinovga hayfsan berilgan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/12/22257217_0:0:800:600_1920x0_80_0_0_ab3f73e187e222875d883d3f0a646758.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
samarqand, axborot texnologiyalari (it)
Samarqandda IT tanlovi gʻolibiga berilgan eski noutbuk yangisiga almashtirib berildi
16:21 18.01.2022 (yangilandi: 16:23 18.01.2022) IT tanlovda gʻolib boʻlgan oʻquvchiga eski noutbuk berilgani ortidan tuman XTB xodimi ishdan boʻshatilib, tuman hokimi oʻrinbosariga hayfsan berildi.
TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Samarqand viloyatida
IT tanlovi gʻolibi nurobodlik Sardor Sattorovga berilgan eski noutbuk yangisiga almashtirib berildi. Bu haqda IT Park matbuot xizmati
xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, musobaqa viloyat hokimligi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etilgan.
2022 yilning 6-7 yanvar kunlari tanlovning shahar va tuman bosqichlari oʻtkazilib, uning yakuniga koʻra viloyat bosqichiga yoʻllanma olgan gʻoliblar aniqlangan. Viloyat bosqichida 180 nafar oʻquvchi qatnashgan. Gʻoliblarga noutbuk, ikkinchi oʻrin sohiblariga planshet, uchinchi oʻrin egalariga esa mobil telefonlar sovgʻa qilingan.
Shu bilan birga, shahar va viloyat bosqichlari gʻoliblarini taqdirlash marosimi ham oʻtkazilib, birinchi oʻrin gʻolibiga noutbuk, ikkinchi oʻringa smartfon, uchinchi oʻringa esa elektron kitoblar topshirilgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada aks etgan 15 yoshli Sardor Sattorov tanlovning tuman bosqichida gʻolib boʻlib, viloyat bosqichiga yoʻl olgan, ammo sovrinli oʻrinni qoʻlga kirita olmagan. Tashkilotchilar tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolik tufayli unga noutbuk oʻrniga smartfon sovgʻa qilingan”, — deyiladi xabarda.
Tuman bosqichida gʻolib chiqqan Sattorovga endi yangi kompyuter sovgʻa qilingan. Shuningdek, IT Park delegatsiyasi yosh mutaxassislar bilan suhbatlashib, kelgusida faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga Python dasturlash tili va IT uchun ingliz tili boʻyicha bepul kurslar taqdim etgan.
Bundan tashqari, yosh isteʼdod egalariga “Coursera” platformasida mavjud maxsus kursga bepul kirish imkoniyati berilib, ularga brend sovgʻalari ulashilgan.
Xalq taʼlimi vazirligi Nurobod tumanidagi 41-maktab 8-sinf oʻquvchisi Sardor Sattarovning "Bir million dasturchi" tanlovida foydalanilgan noutbuk berilgani toʻgʻrisidagi videomurojaati ishchi guruh tomonidan oʻrganilayotganini
maʼlum qilgan.
Hozir bu voqea ortidan Nurobod tumani Xalq taʼlimi boʻlimi taʼlim jarayoniga AKTni joriy etish shoʻʼbasi bosh mutaxassisi D.A.ishdan
boʻshatilgan. Bundan tashqari, Nurobod tumani hokimining farmoyishi bilan mazkur holatda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan hokim oʻrinbosari Navroʻzbek Jaloliddinovga hayfsan berilgan.