https://oz.sputniknews-uz.com/20220118/umra-safari-narxi-nega-oshganiga-izoh-berildi-22251536.html
Umra safari narxi nega oshganiga izoh berildi
Umra safari narxi nega oshganiga izoh berildi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Umra - 2022 narxi oshgani borasida turli mulohazalarga munosabat bildirdi.
2022-01-18T12:58+0500
2022-01-18T12:58+0500
2022-01-18T14:43+0500
umra
jamiyat
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/07/16/19790941_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_3d79aae3ff0301af98b492d00a036df3.jpg
TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda pandemiyadan avval, yaʼni 2020 yil fevral oyiga qadar qilingan Umra toʻlovi oshgani borasida turli mulohazalar bildirmoqda. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi qoʻshimcha toʻlov haqida batafsil maʼlumot berdi.Taʼkidlanishicha, pandemiya Umra xizmatlari koʻrsatishga ham salbiy taʼsir koʻrsatgan.Xususan, mehmonxonada 4 kishilik xonaga 2 nafar ziyoratchi, 50 oʻrindiqli avtobusga 25 kishi joylashtirish talablari oʻrnatilgan.Umra-2022: oʻzbekistonliklar uchun ziyorat qachon boshlanadi va uning narxi qanchaIshlab chiqarish va xizmat koʻrsatishda ikki yil avvalgi holatga nisbatan narx-navo koʻtarilgan. Boz ustiga qirollikda 15 foiz qoʻshimcha qiymat soligʻi ham joriy etilgan.Qayd etilishicha, 2020 yil fevral oyiga qadar umra uchun toʻlov amalga oshirgan, pandemiya sabab borish istagidan qaytgan fuqarolarning murojaatiga asosan toʻlovlari qaytarib berilgan. Qolgan fuqarolarning mablagʻlari oʻz ixtiyorlariga koʻra, umra hisob raqamida saqlanmoqda.Eslatib oʻtamiz, 22 yanvardan oʻzbekistonliklar yana Umra ziyoratini amalga oshirishlari mumkin.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/07/16/19790941_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_db424238094461abec1e76b679d80d18.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
umra
Umra safari narxi nega oshganiga izoh berildi
12:58 18.01.2022 (yangilandi: 14:43 18.01.2022) Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Umra toʻlovi oshgani borasidagi turli mulohazalarga munosabat bildirdi.
TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda pandemiyadan avval, yaʼni 2020 yil fevral oyiga qadar qilingan Umra toʻlovi oshgani borasida turli mulohazalar bildirmoqda. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi qoʻshimcha toʻlov haqida batafsil
maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, pandemiya Umra xizmatlari koʻrsatishga ham salbiy taʼsir koʻrsatgan.
Xususan, mehmonxonada 4 kishilik xonaga 2 nafar ziyoratchi, 50 oʻrindiqli avtobusga 25 kishi joylashtirish talablari oʻrnatilgan.
Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishda ikki yil avvalgi holatga nisbatan narx-navo koʻtarilgan. Boz ustiga qirollikda 15 foiz qoʻshimcha qiymat soligʻi ham joriy etilgan.
"Makka va Madina shaharlarida Ikki Haramga yaqin boʻlgan mehmonxonalar buyurtma qilindi. Masjidi Nabaviyga yaqin boʻlgan 5 yulduzli „Pulman zam-zam“ va Baytulloh atrofidagi „Jabal Umar“ hududida joylashgan 5 yulduzli mehmonxona olindi. Qiyos uchun, oldingi yillarda ziyoratchilarimiz Makka shahrida Haram masjididan chamasi 1,2 km. boʻlgan mehmonxonada istiqomat qilishgan", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2020 yil fevral oyiga qadar umra uchun toʻlov amalga oshirgan, pandemiya sabab borish istagidan qaytgan fuqarolarning murojaatiga asosan toʻlovlari qaytarib berilgan. Qolgan fuqarolarning mablagʻlari oʻz ixtiyorlariga koʻra, umra hisob raqamida saqlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 22 yanvardan oʻzbekistonliklar yana Umra ziyoratini
amalga oshirishlari mumkin.