YPX postlarida “yashil” va “qizil” yoʻlaklar paydo boʻladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudniki DPS i Natsionalnoy gvardii na postu v Tashkente
Sotrudniki DPS i Natsionalnoy gvardii na postu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Chinor” va “Namangan” yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida “yashil” va “qizil” yoʻlak tizimi joriy etilishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Oʻzbekistondagi YPX postlarida "yashil" va "qizil" yoʻlak tizimi joriy etiladi. Ichki ishlar vazirligi muhokamaga qoʻygan tegishli Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida koʻzda tutilgan.
Hujjatga koʻra, 2022 yil 1 martdan boshlab Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Chinor” va Namangan viloyati Pop tumanidagi “Namangan” yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan toʻliq jihozlangan “yashil” va “qizil” yoʻlak tizimi joriy etiladi. Bosqichma-bosqich respublikaning qolgan yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida qoʻllaniladi.
Toshkentda ekopolitsiya xizmati avtomobillari namoyish qilindi
Bundan tashqari, “RFID” (Radio chastotani identifikatsiyalash texnologiyasi)tizimi eksperiment tariqasida joriy etiladi.
U transport oqimini hisoblash, tirbandliklarni oldini olish, qidiruvda boʻlgan transport vositalarning harakatlanish yoʻnalishini aniqlash hamda transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni masofadan uzatish imkoniyatini oʻz ichiga oladi.
“RFID” tizimini Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kirish-chiqish joylaridagi yoʻl-patrul xizmati maskanlari, blokpostlarida oʻrnatish rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0