Hodisalar

Andijonda “Hizb ut-Tahrir”*ning “Ayollar qanoti” guruhi aʼzolari aniqlandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Djidda
Goroda mira. Djidda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Andijon viloyatida DXX va IIB xodimlari “Hizb ut-Tahrir”*ning “Ayollar qanoti” guruhi aʼzolarini aniqlashdi.
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. 16 yanvar kuni olingan tezkor maʼlumotga asosan DXX Andijon viloyati boshqarmasi va viloyati IIB TEQKB hamda Andijon tumani IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Hizb ut-Tahrir”* diniy ekstremistik tashkilotining “Ayollar qanoti” guruhi aʼzolari boʻlgan 12 nafar ayol Andijon tumanida yashovchi fuqaro M.M.ning xonadonida toʻplanib, “Hizb ut-Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti faoliyatini targʻib qiluvchi diniy oʻqishxonlik qilib kelayotganligi aniqlandi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida bu ayollar hozirda Turkiya davlatida boʻlgan 1972 yilda tugʻilgan ayol M.X.ning koʻrsatmasi asosida tez-tez bir birlarining xonadonlarida ziyofat bahonasida yigʻilishib, M.X.dan ijtimoiy tarmoqlar orqali “Hizb ut-Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti gʻoyalari boʻyicha saboq olib kelishayotganligi aniqlandi.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
* Rossiya va Oʻzbekistonda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0