Jamiyat

Mutaxassis: kovid bilan kasallangan 90−95 foiz bemorda oʻpka zararlanishi kuzatilmayapti

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishVrachi v kabinete kompyuternoy tomografii meditsinskogo issledovatelskogo tsentra
Vrachi v kabinete kompyuternoy tomografii meditsinskogo issledovatelskogo tsentra - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori: 5 yanvardan shifoxonaga murojaat qilayotgan bemorlar soni keskin oshdi.
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov koronavirusning yangi turi oldingi delta va "britancha" shtammlariga nisbatan biroz yengil oʻtayotganini maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, ayni paytda muassasada koronavirusga chalingan 1300 nafardan ziyod bemor davolanmoqda. Soʻnggi kunlarda aholi orasida kasallanish holatlari koʻp kuzatilayotgani bois, 5 yanvardan shifoxonaga murojaat qilayotgan bemorlar soni ham keskin oshgan.
“Hozirda muassasamizga oʻrtacha kuniga 300-400 nafar bemor murojaat qilib, shundan 200-300 nafari kasalxonaga yotqizilyapti. Vaholanki, yanvar oyining toʻrtinchi sanasiga qadar kuniga 65-70 ta murojaat boʻlib, shundan 70 foiz bemor davolanishga yotqizilgan”, — deydi u.
Bemorlarda isitma, boʻgʻimlarda ogʻriq, bosh ogʻrigʻi, holsizlik kabi oddiy respirator belgilar bilangina namoyon boʻlmoqda.
“Qolaversa, 5 yanvardan boshlab shifoxonaga kelayotgan 90-95 foiz bemorda saturatsiyaning pasayishi va oʻpkaning zararlanishi kuzatilmayapti. Virusning jiddiy asoratlar bilan kechishi nisbatan kam. Oʻpkada zararlanish deyarli kuzatilmayapti”, — dedi Anvar Husanov. Uning soʻzlaridan SSV matbuot xizmati iqtibos keltirgan.
Shuningdek, davolanish muddati esa qisqarib, oʻrtacha 5 kunni tashkil qilmoqda. Ogʻir ahvoldagi bemorlarni davolashda ishlatiladigan virusga qarshi "Remdesivir" va boshqa dori vositalariga boʻlgan ehtiyoj kamaygan.
Hozir 190 oʻringa moʻljallangan jonlantirish boʻlimida davolanayotgan bemorlar soni sezilarli darajada qisqargan. Delta shtammi avj olgan oʻtgan yil yoz oylarida reanimatsion boʻlimlarda bemorlar soni ancha koʻp boʻlgan.
Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanish rekord darajaga yetdi
Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori fuqarolarni ortiqcha sarosimaga berilmaslikni, zarurat boʻlmaganda yuqumli kasalliklarni davolash muassasalariga bormaslikni, agar oʻzlarida kasallik belgilarini sezsa, darhol shifokorga murojaat qilishlarini soʻragan.
Shuningdek, mutaxassis barchani kasallikka qarshi emlanishga, agar vaktsina olgan boʻlsa, buster dozalarini olishga chaqirgan.
Koronavirusga chalingan bolani uy sharoitida qanday davolash kerak
Soʻnggi kunlarda Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat jiddiylashgan. 18 yanvar kuni pandemiya boshidan buyon rekord darajada 1214 kishida koronavirus tasdiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0