“Lacetti” va “Cobalt” vaqtincha magnitolasiz yetkazib beriladi

© Sputnik / Igor Chuprin / Mediabankka o‘tishZapusk proizvodstva Chevrolet Lacettii avtokonsernom General Motors v Kaliningrade
Zapusk proizvodstva Chevrolet Lacettii avtokonsernom General Motors v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna bo‘lish
“UzAuto Motors” kompaniyasi buning sabablarini keltirib o‘tdi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. 19 yanvardan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha “Chevrolet Lacetti” va “Cobalt” komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi. Bu haqda “UzAuto Motors” kompaniyasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, yarimo‘tkazgichlarning global yetishmovchiligi “UzAuto Motors” uchun yagona bo‘lgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi Janubiy Koreyaning “Humax” korxonasini ham chetlab o‘tmagan. Avtomagnitolani yetkazib berish noma’lum muddatga to‘xtatilgan.
Nima uchun avtomobil yetkazib berilmayapti: UzAuto Motors sababini ma’lum qildi
Kompaniya xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi bu majburiy choraning qo‘llanilishi yuzlab iste’molchilarga uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada yetkazilishini ta’minlashini bildirgan.
Xaridorlar o‘z avtomobilini magnitola qurilmasi va uning o‘rnatilish xarajatlarining qoplanishi bilan yaqin orada magnitolasiz olishi mumkin. Xohishga ko‘ra, bozordan xohlagan turdagi avtomagnitolani kompaniya rasmiy dilerlarida o‘rnatish kafolatiga ega bo‘lishadi.
Shuningdek, avtomobilni keyinchalik tekin qayta jihozlash bilan magnitolasiz olib ketish mumkin. Ishlab chiqaruvchi magnitola yetkazib bergandan so‘ng avtomobil qayta jihozlab beriladi.
UzAuto Captiva 5 uchun "cheksiz uzr" so‘radi
Yangiliklar lentasi
0