Hodisalar

Rossiyada Suriyadagi jangarilarga qoʻshilishni rejalashtirgan oʻzbekistonlik qoʻlga olindi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qashqadaryolik erkak Rossiyada mavsumiy ishlashi davrida Internet orqali xalqaro terrorchi tuzilmalar taʼsiriga tushib qolgan.
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiyada Suriyadagi jangarilar safiga qoʻshilishni rejalashtirgan oʻzbekistonlik ushlandi.
Oʻzbekiston Davlat xizmati xavfsizligi xabariga koʻra, qashqardaryolik erkak Rossiyadamavsumiy ishlashi davrida Internet orqali xalqaro terrorchi tuzilmalar taʼsiriga tushib qolgan. Keyin u qoʻporuvchilik harakatini sodir qilish maqsadida Suriyadagi jangarilar safiga borib qoʻshilishni rejalashtirgan.
Rossiyada “jihod” gʻoyalarini targʻib qilishda gumon qilingan oʻzbekistonlik qoʻlga olindi
Bu fuqaro DXX xodimlari va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarda qoʻlga olingan va Oʻzbekistonga olib kelingan.
Unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq 1999 yildagi Toshkentda amalga oshirilgan qoʻporuvchilik harakatlariga aloqasi borligi uchun 23 yildan buyon qidiruvda boʻlgan fuqaro xorijda ushlanib, Oʻzbekistonga olib kelingani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0