https://sputniknews-uz.com/20220119/saida-mirziyoeva-sevimlidagi-axloqsiz-serialni-tanqid-qildi-22274412.html
Saida Mirziyoyeva “Sevimli”dagi axloqsiz serialni tanqid qildi
Saida Mirziyoyeva “Sevimli”dagi axloqsiz serialni tanqid qildi
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva “Sevimli” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Sabriya” serialini tanqid qildi.
2022-01-19T15:50+0500
2022-01-19T15:50+0500
2022-01-19T15:50+0500
jamiyat
tanqid
oʻzbek kino
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1124/22/11242250_0:0:1009:568_1920x0_80_0_0_a9fa3a1b72279c714c4d0cb192879543.jpg
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva “Sevimli” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Sabriya” serialini tanqid qildi.“Mamlakatimizda, shubhasiz, soʻz va ijod erkinligi mavjud.Lekin bir tomoshabin sifatida “Sevimli” kanalida praym-taym vaqti namoyish etilayotgan, millionlab teletomoshabinlarning diqqatini tortgan “Sabriya” milliy serialiga nisbatan shaxsiy munosabatimni bildirishga haqliman, deb oʻylayman.Badiiy saviya haqida gapirib ham oʻtirmayman, unaqa narsaning oʻzi yoʻq. Serial mualliflari orasida birorta ayol yoʻqligiga ham ishonchim komil. Chunki hech qaysi filmda ayollarga nisbatan bu qadar nafrat koʻrmaganman”, - deydi Saida Mirziyoyeva.Uning soʻzlariga koʻra, syujetda giyohvand moddalarni isteʼmol qilish boʻyicha aniq va batafsil yoʻriqnoma koʻrsatishdan maqsad nimaligi ham tushunarsiz.“Bu holatdan hech qanday xulosa chiqarilmagan. Hamkasb-ayollar oʻrtasidagi zahar-zaqqumga toʻla raqobat gʻoyasi-ku, umuman, ayollarni odam oʻrnida koʻrmaydigan latifabozlardan ilhomlanib yozilgandek. Va nihoyat, eng yoqimsiz va jirkanch epizodlar – ayollarga nisbatan zoʻravonlik sahnalari hamda isnoddan qutulishning yagona “toʻgʻri” yoʻli – oʻz joniga qasd qilish bilan bogʻliq. Naqadar "dono" maslahat!Ushbu serialda ayollar fikri tor, makkora, zaifa, hayotdagi hamma balolarga sababchi qilib koʻrsatilgan”, deydi Mirziyoyeva.“Nima deb oʻylaysiz, oʻzbekistonlik ayollarning obroʻiga jiddiy putur yetkazayotgan bunday sayoz “ijod namunalari” yaratishni bas qilishni talab etishga haqlimizmi? Qanday qilib oʻz joniga qasd qilishni ekranda koʻrsatish mumkin, axir?Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ekspertiza oʻtkazmoqda.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1124/22/11242250_53:0:948:671_1920x0_80_0_0_e89d6323808fa75328fc6be9e8ac0ff3.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
tanqid, oʻzbek kino
Saida Mirziyoyeva “Sevimli”dagi axloqsiz serialni tanqid qildi
Saida Mirziyoyeva “Sevimli” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Sabriya” serialini tanqid qildi.
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva “Sevimli” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Sabriya” serialini tanqid qildi.
“Mamlakatimizda, shubhasiz, soʻz va ijod erkinligi mavjud.
Lekin bir tomoshabin sifatida “Sevimli” kanalida praym-taym vaqti namoyish etilayotgan, millionlab teletomoshabinlarning diqqatini tortgan “Sabriya” milliy serialiga nisbatan shaxsiy munosabatimni bildirishga haqliman, deb oʻylayman.
Badiiy saviya haqida gapirib ham oʻtirmayman, unaqa narsaning oʻzi yoʻq. Serial mualliflari orasida birorta ayol yoʻqligiga ham ishonchim komil. Chunki hech qaysi filmda ayollarga nisbatan bu qadar nafrat koʻrmaganman”, - deydi Saida Mirziyoyeva.
Uning soʻzlariga koʻra, syujetda giyohvand moddalarni isteʼmol qilish boʻyicha aniq va batafsil yoʻriqnoma koʻrsatishdan maqsad nimaligi ham tushunarsiz.
“Bu holatdan hech qanday xulosa chiqarilmagan. Hamkasb-ayollar oʻrtasidagi zahar-zaqqumga toʻla raqobat gʻoyasi-ku, umuman, ayollarni odam oʻrnida koʻrmaydigan latifabozlardan ilhomlanib yozilgandek. Va nihoyat, eng yoqimsiz va jirkanch epizodlar – ayollarga nisbatan zoʻravonlik sahnalari hamda isnoddan qutulishning yagona “toʻgʻri” yoʻli – oʻz joniga qasd qilish bilan bogʻliq. Naqadar "dono" maslahat!
Ushbu serialda ayollar fikri tor, makkora, zaifa, hayotdagi hamma balolarga sababchi qilib koʻrsatilgan”, deydi Mirziyoyeva.
“Nima deb oʻylaysiz, oʻzbekistonlik ayollarning obroʻiga jiddiy putur yetkazayotgan bunday sayoz “ijod namunalari” yaratishni bas qilishni talab etishga haqlimizmi? Qanday qilib oʻz joniga qasd qilishni ekranda koʻrsatish mumkin, axir?
Men badiiy kengashlar va mutasaddi tashkilotlarni bu kabi kontentga qonun va etika nuqtai nazaridan xulosa berishga chaqiraman. Ayollarimiz bunday munosabatga loyiq emas! Bu ham xususiy, ham davlat kinematografiga birdek taalluqli!”, deb yozgan Mirziyoyeva.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ekspertiza oʻtkazmoqda.