Jamiyat

Toshkentda vaktsina olmagan xodimlar vaqtinchalik ishdan chetlatildi

© AFP 2022 / YURI KORSUNTSEVPolitseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta
Politseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkentda mingdan ortiq vaktsina olmagan xodimlar ishdan chetlatildi, restoran, savdo markazi va masjidlarda karantin qoidalariga amal qilish boʻyicha targʻibot ishlari oʻtkazildi.
TOSHKENT, 19 yanv - Sputnik. Toshkentda 17 yanvar 305 ta tadbirkorlik subʼyekti va 203 ta byudjet tashkilotida tekshiruvlar oʻtkazildi va vaktsina olmagan 1044 nafar xodim ishdan chetlatildi, deb xabar qilmoqda OʻzA.
Vaktsina olmagan 1 ming 44 nafar xodim vaqtinchalik ishdan chetlatildi, 200 nafariga jarimalar qoʻllanildi, 1 ta obʼyektning ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 65 ta bozor, 31 ta istirohat bogʻi va xiyobonlar, 46 ta ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obʼyektlar, 22 ta stadion va sport majmualari, 6 ta yirik savdo markazi va 131 ta jomeʼ masjidlarida karantin qoidalariga rioya qilish yuzasidan targʻibot ishlari amalga oshirildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda soʻnggi kunlarda koronavirusga chalinish holatlarining keskin koʻpayishi kuzatilmoqda. Ushbu munosabat bilan respublika mahsus komissiyasi maktab kanikullari muddatini uzaytirish, muassasa va tashkilotlarda hamda OTMlarda xodimlar va talabalarning 100 % emlanishini taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0