Jamiyat

Uxlashdan oldin qaysi maxsulotlarni isteʼmol qilish mumkin?

© Depositphotos / RawpixelPrazdnovaniye Dnya blagodareniya
Prazdnovaniye Dnya blagodareniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Odatda, koʻpchilik parhezshunoslar uyqudan oldin hech narsa isteʼmol qilmaslikni tavsiya qiladi, biroq uyqudan oldingi ochlik hissi ham zararli” deydi parhezshunos Mixail Gintsburg.
Baʼzi mahsulotlarni bemalol uxlashdan oldin tanovul qilish mumkin, chunki ular hazmi ogʻir taom hisoblanmaydi, salomatlik uchun ham zararli emas. Bu haqda vrach-diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginzburg Sputnik radiosiga maʼlum qildi.
Mutaxassisning taʼqidlashicha, uyqudan oldin toʻyib ovqatlanish zararli, chunki oshqozon uyqugacha hazm qilishga ulgurmasligi mumkin. Bu esa hazm qilishda muammolarga, ortiqcha vazn toʻplashga olib keladi. Ammo, och qoringa yotish ham zararli- bunday holatda uxlash qiyin boʻladi.
“Asosiysi, yarim tunda ochlik sabab uygʻonib ketish mumkin. Va soat oltidan soʻng ovqatlanishga harakat qilmaslik ertalab juda och holda uygʻonishga va meʼyoridan koʻp ovqatlanishga olib keladi”.
Mixail Gintsburg
Vrach-diyetolog, tibbiyot fanlari doktori
Natijada, kechgi ovqatlanishdan voz kechish ovqatlanish muammolarini hal qilmaydi- kechqurun ovqatlanilmasa, ertalab toʻyib ovqatlaniladi.
“Hech qanday farq yoʻq. Ertalab toʻyib ovqatlanganda, odamda faol kayfiyat yoʻqoladi va dangasa boʻlib qoladi”.
Mixail Gintsburg
Vrach-diyetolog, tibbiyot fanlari doktori
Shu sababli, agar uyqudan oldin ochlikni his qilsangiz, yengil mahsulotlarni tanavul qilishingiz mumkin. Masalan, myusli, shakarsiz don yormasi kabi hazmi yengil taomlar. Ularni sutli mahsulotlar, masalan qatiq bilan isteʼmol qilgan maʼqul.
Yangiliklar lentasi
0