“Xasta bo‘lma”: Yulduz Usmonovaning apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNarodnaya artistka Uzbekistana Yulduz Usmanova
Narodnaya artistka Uzbekistana Yulduz Usmanova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna bo‘lish
Yulduz Usmonova "Xasta bo‘lma" qo‘shig‘ining she’ri muallifi Ro‘ziyevga tovon puli to‘lashi bo‘yicha sud qarori o‘zgartirishsiz qoldirildi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Yulduz Usmonova "Xasta bo‘lma" qo‘shig‘ining she’ri muallifiga tovon puli to‘lashi bo‘yicha sud qarori o‘zgartirishsiz qoldirildi.
2021 yil 20-sentabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga da’vogar Y. Ro‘ziyev javobgar Yu. Usmanovaga nisbatan “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’r muallifi sifatida mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgandi.
29 oktabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yu. Usmanovadan da’vogar Y. Ro‘ziyevga 50 000 000 so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.
18 yanvar kuni Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugadi. Sudning ajrimiga ko‘ra, da’vogar Y. Ro‘ziyevning javobgar Yu. Usmanovaga nisbatan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan chiqarilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2021-yil 29-oktabrdagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori hamda apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida kassatsiya shikoyati (protest) berilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0