Jamiyat

Vrach choyni nima bilan ichish mumkin emasligini aytdi

© Unsplash / Clay BanksKrujka s goryachim chayem v ruke mujchinы
Krujka s goryachim chayem v ruke mujchinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiyalik parhezshunos shifokor choyning foydali xususiyatlari haqida soʻzlab berdi va uni qanday ichish kerakligini tushuntirdi.
Rossiyalik parhezshunos shifokor Yelena Solomatina choyning foydali xususiyatlari haqida soʻzlab berdi va uni qanday ichish kerakligini tushuntirdi. Bu haqda “Vechernyaya Moskva” nashri xabar qildi.
Shifokor choyda yurak-qon tomir tizimi va koʻrish qobiliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi hamda ayrim oʻsimta turlarining paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiluvchi antioksidantlar borligini eslatib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, har qanday choyni limon yoki murabbo bilan ichish mumkin. Biroq choyni ayrim qoʻshimchalar bilan ichish inson sogʻligiga putur yetkazishi mumkin
“Choyni koʻp miqdordagi sut bilan ichmagan maʼqul. Gap shundaki, sut uning tarkibidagi foydali antioksidantlarni yoʻq qiladi va natijada qorinda noqulaylik paydo boʻlishi mumkin”, - deya tushuntiradi Solomatina.
Shuningdek, u issiq ichimlikka asal solmaslik kerakligini taʼkidladi. Bunday birikma organizmga zarar yetkazmaydi, biroq foyda ham keltirmaydi.
Yangiliklar lentasi
0