Nikohdan ajralish: eng ko‘p Toshkent shahar va Farg‘ona viloyatida

© Sputnik / Vladimir VatkinNevesta plachet
Nevesta plachet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilda eng ko‘p nikohdan ajralish holatlari Toshkent shahar va Farg‘ona viloyatida qayd etildi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda respublika bo‘yicha 39 227 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etildi.
2021 yilda eng ko‘p nikohdan ajralish holatlari Toshkent shahrida - 5,6 mingta, Farg‘ona viloyatida 4,3 mingta qayd etildi.
Har 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida (2,0 promille) va Sirdaryo viloyatida (1,6 promille) kuzatildi.
2021 yilda respublika bo‘yicha 305 082 ta nikoh holatlari qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0