O‘tgan yili xorijda vafot etgan nechta o‘zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Mediabankka o‘tishPassajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy
Passajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2021-yilda mehnat migrantlariga ish beruvchilar to‘lamagan qariyb 984,1 ming dollarlik ish haqi va kompensatsiyalarini undirib bergan.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2021-yilda xorijda vafot etgan 518 nafar o‘zbekistonlikning jasadini vatanga olib kelishda ko‘maklashdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu davr mobaynida 321 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqaro vatanga qaytarilgan.
Agentlik 7 534 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratgan, 358 kishini xostelga joylashtirgan. Og‘ir tan jarohati olgan 17 kishining tibbiy xizmat xarajatlarini qoplab bergan.
O‘zbekistonga o‘n oyda 568 nafar fuqaro jasadi olib kelindi
Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 984,1 ming dollarlik ish haqi va kompensatsiyalarini undirib bergan.
Agentlik xorijda ishlayotgan 8 811 fuqaroga huquqiy yordam ko‘rsatgan. 295 102 kishi agentlikning maslahat xizmatlari, 6 283 kishi ijtimoiy yordamini olgan. 13 424 kishiga esa moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0