Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar soni 6 %ga ko‘paydi

© Natalia SeliverstovaEmblema na forme sotrudnika politsii
Emblema na forme sotrudnika politsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik bir yil ichida salkam 6 %ga oshdi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi 2021-yilda migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning o‘sishini qayd etdi: bu salkam 6 %ni tashkil etdi, garchi bir yil oldin bu ko‘rsatkich, aksincha, pasaygan edi. RIA Novosti.
“Rossiya hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 36,4 mingta jinoyat sodir etildi, bu 2020-yilning yanvar-dekabriga nisbatan 5,9 %ga ko‘p”, — deyilgan IIV xabarida.
Jinoyatlarning katta qismi 78,3% MDH mamlakatlari fuqarolari tomonidan sodir etildi (28,5 ming jinoyat). Shu o‘rinda qayd etish kerakki, 2021-yil statistikasida hisoblash usuli o‘zgartirildi: endi Ukrainadan kelgan fuqarolar MDH davlatlaridan jinoyi holatlar statistikasiga kiritilmaydi.
Bir yil avval 2020-yilda Rossiyada xorijliklar 34,4 ming jinoyat sodir etgandi, bu 2019-yilga nisbatan 1,5%ga kam. MDH davlatlari fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ulushi o‘sha paytda 89,6% ni tashkil etdi (shu bilan birga, ukrainaliklar sodir etgan jinoyatlari hisobga olingan).
Bundan avval Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin migrantlar orasida jinoyatchilik muammoni hal qilish bo‘yicha takliflarni bergandi.
"Mehnat migrantlari orasida jinoyatchilik ortib borishi muammosi ham yangicha yondashuvni talab qiladi. Asosan ular Markaziy Osiyo respublikalaridan kelgan yoshlar bo‘lib, ko‘p holatlarda “verbovka” obyektiga aylanib qolishadi", - dedi Bastrikin.
Tergov qo‘mitasi rahbari ekstremizmga qarshi kurashish uchun migratsiya sohasidagi qonunlarni tizimlashtirish, avtomatlashtirish darajasini oshirish va ish beruvchilar bilan aloqa o‘rnatishni taklif qildi.
Shuningdek, migrantlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy jarayonlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish maqsadida “migrantlar haqida ma’lumot olish choralarini ko‘rish kerak”, deb hisoblaydi u.
Mavzuga doir yangi materiallar:
Migrantlar orasida jinoyatchilik: Bastrikin muammoni hal qilish bo‘yicha takliflarni berdi
Rossiyaga migrantlarning oqimi ko‘payadi – Medvedev
Migrantlarga xizmat ko‘rsatuvchi yashirin bozor xavfsizlikka tahdid soladi - Medvedev
Yangiliklar lentasi
0