"Sevimli" telekanali bosh direktori vazifasidan ozod etildi

© Sputnik/Viktor TolochkoChelovek smotrit televizor
Chelovek smotrit televizor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
"Sevimli" telekanali bosh direktori va bosh muharriri vazifasidan ozod etildi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. "Sevimli" telekanali bosh direktori va bosh muharriri vazifasidan ozod etildi.
Bugun “Sevimli” telekanali ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov taklif qilindi.
Darakchi.uz nashri yozishicha, kanal kuzatuv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib jamoatchilik asosida Firdavs Abduxoliqov saylandi.
Ta’sischilarning qarori bilan bosh direktori vazifasini bajaruvchi Abduvohid Xo‘jayev va bosh muharrir Qahramon Saydaliyev o‘z vazifasidan ozod etildi.
Yig‘ilishda shu paytga qadar O‘zEOAVMA bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan Jaloliddin Safoyev kanal bosh direktori vazifasiga tayinlandi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan, Abuxoliqov, kanal efiriga uzatilgan “Sabriya” serialini badiiy saviyasini tanqid ostiga olib, “biz telekanal muxlislari va jamoatchilikdan uzr so‘raymiz va kelgusida yangi tayinlangan bosh direktor, nafaqat seriallar, qolaversa barcha media mahsulotlarning g‘oyaviy-badiiy jihatlariga mas’ul ekanligini uqtirgan holda, barcha chora- tadbirlarni ishlab chiqishi zarur”, -deb ta’kidladi kuzatuv kengashi rahbari.
Yangiliklar lentasi
0