Jamiyat

Toshkent jamoat transporti Rossiya tajribasi asosida takomillashtiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident obsudil voprosы razvitiya obщestvennogo transporta v Tashkente
Prezident obsudil voprosы razvitiya obщestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezidentga poytaxt jamoat transportini rivojlantirishga oid rejalashtirilgan loyihalar haqida maʼlumot berildi.
TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Ular orasida poytaxtda foydalanish mumkin boʻlgan Rossiya tajribasi ham bor.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, Rossiya tajribasi bilan birga Germaniya tajribasidan ham foydalaniladi.

“Taqdimotda Toshkent shahrida jamoat transporti va transport infratuzilmasini Germaniya va Rossiyaning megapolislarni rivojlantirish borasidagi ilmiy asoslangan tajribasi asosida takomillashtirish imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda yozilishicha, qulay jamoat transporti shaharning eng muhim shartlaridan biridir. Lekin jamoat transport tizimi poytaxtdagi oʻzgarishlardan orqada. 350 ta avtobusning foydalanish muddati 10 yildan oshgan, 393 ta avtobus yetishmaydi. Tirbandliklar oqibatida avtobuslar orasidagi interval tigʻiz paytda 30 daqiqagacha yetmoqda. Oqibatda yoʻlovchilar bu xizmatdan norozi boʻlib, shaxsiy transportdan foydalanishga oʻtib ketmoqda. Toshkent shahrida bu koʻrsatkich 79 foizni, jamoat transportidan foydalanish darajasi esa bor-yoʻgʻi 21 foizni tashkil etmoqda.
Prezident taqdimotda hududlardan Toshkent shahriga kelishdagi asosiy yoʻllarda 10 ta zamonaviy shohbekat, yoʻlovchilar juda koʻp boʻladigan 6 ta metro bekati yonida avtoturargohlar barpo etish boʻyicha topshiriq berdi.
Joriy yilda “Qoʻyliq-Qipchoq” yerusti metrosi qurilishi ham yakunlanadi. Buning natijasida yengil avtomobildan foydalanayotgan 70 ming aholi uchun jamoat transportida yurishga qulay sharoit yaratiladi.
YPX postlarida “yashil” va “qizil” yoʻlaklar paydo boʻladi
Bundan tashqari, yoʻlovchilar oqimining kelgusi 5 yillik prognozidan kelib chiqib, jamoat transporti tizimining iqtisodiy-matematik modelini yaratish, Transport universiteti ilmiy salohiyatini oshirish zarur.
Davlat rahbari yoʻl harakatini toʻgʻri tashkil etish orqali mazkur chorrahalarda oʻtkazuvchanlik va qulaylikni oshirish kerakligini taʼkidladi.
Bu yil 200 ta chorrahada harakatni transport oqimiga qarab boshqarish tizimi joriy etilishi, 180 kilometr piyoda va velosiped yoʻlaklari qurilishi, 2 ming avtomobilga moʻljallangan toʻxtash joylari tashkil etilishi belgilandi.
Shuningdek, joriy yilda avtobus parkining 35 foizi yangilanadi. Buning uchun 410 ta avtobus va elektrobus xarid qilinib, katta sigʻimli avtobuslar soni 2 barobar oshiriladi. Shaharda elektromobillar uchun quvvatlash stantsiyalarini tashkil etiladi.
Toshkent transportini rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqildi – tafsilotlar
Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligiga poytaxtimizda jamoat transportini rivojlantirish kontseptsiyasini qayta koʻrib chiqib, keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish topshirildi.
Istiqbolda barcha viloyat markazlaridagi jamoat transportini ularning aholi soni, yashash va ish joylari, rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqib poytaxt tajribasi va ilmiy yondashuv asosida takomillashtirilishi taʼkidlandi.
Yangiliklar lentasi
0