"Vaqf" xayriya fondi 2021-yil uchun hisobot berdi

© Fond "Vakf"Saidabror Umarov - rukovoditel press-slujbq fonda "Vakf"
Saidabror Umarov - rukovoditel press-slujbq fonda Vakf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil daovmida "Vaqf" xayriya fondi mablag‘lari asosan nimalarga sarflangani haqida batafsil ma’lumot berildi.
TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi 2021-yilda qariyb 70 milliard so‘m mablag‘ni xayriyaga sarfladi, deb xabar qildi 19-yanvar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda fond matbuot xizmati rahbari Saidabror Umarov.
2021 yilda fond tomonidan xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali kelib tushgan mablag‘lar hamda homiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan moddiy ko‘rinishdagi ehsonlar bilan qo‘shib hisoblaganda jami 69 milliard 22 ming 690 so‘mdan ziyod mablag‘ xayriya sifatida sarflandi.
Vaqf fondi hisobotiga ko‘ra, eng yirik xarajatlar quyildagilar:
53 % - 36,7 mlrd - Masjidlar va ziyoratxonalar xodimlariga
14,4% - 10 mlrd - Diniy soha xodimlari va o‘qituvchilariga
11% - 7,5 mlrd - Diniy ta’lim muassalar, o‘qituvchi va talabalarga
9,9% - 6,8 mlrd - Nochor, ko‘makka muhtoj fuqarolarga moddiy yordam
5,2% - 3,6 mlrd - Imkoniyati cheklangan shaxslarga
4,1% - 2,8 mlrd - Xayriya tadbirlari va ma’muriy xarajatlar
1,3% - 932 mln - Masjidlar qurilishi uchun
0,4% - 290 mln. - Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga
0,1% - 90 mln. - Musulmonlar idorasi kutubxonasini boyitish uchun
Hisobotda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida Qoraqalpog‘istonnig ichimlik suvi tanqis bo‘lgan hududlari uchun 76 ta, Qashqadaryoda 2 ta va Surxondaryoda 1 ta, artezian va minorali suv inshootlari barpo etilgan.
Shuningdek, “Vaqf ko‘magi” loyihasi doirasida 4 ta viloyatning qandolatchilik, tikuvchilik va hunarmandlik kasbiga ega ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning 103 nafariga kerakli asbob-anjomlar xayriya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, "Vaqf" fondi 2018-yilda prezident farmonia asosida tashkil qilingan. Fondning asosiy maqsadlari - diniy-ma’rifiy sohaga yordam berish, masjid, madrasa va ziyoratgohlarimizni obod qilish, imom-xatib, noiblar, mudarrislar va talabalarga moddiy-ma’naviy ko‘mak berish.
Yangiliklar lentasi
0