Ichimlik suv va oqova suv: hisoblagich o‘rnatmagan iste’molchilarga yangi meyorlar tasdiqlandi

© Depositphotos.com / RteeNattapongRebenok protagivayet ruki k kranu s vodoy
Rebenok protagivayet ruki k kranu s vodoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Obuna bo‘lish
Hisoblagichsiz iste’molchilarga yangi meyorlar tasdiqlandi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Aholi uchun suv iste’moli meyorlari soddalashtirildi, deb xabar qildi “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati.
Bugungi kunga qadar iste’molchilar ichimlik va oqova suv xizmatlaridan foydalanishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qariyb 200 turdan ortiq tasdiqlangan iste’mol meyorlari mavjud edi.
Joriy yilning 1-fevral kunidan boshlab respublikaning barcha hududlarida suv hisoblagichsiz ichimlik suvidan foydalanuvchi iste’molchilarga 4 turdagi quyidagi iste’mol meyorlari qo‘llaniladi.
1. Ichimlik suvini ko‘cha kolonkasidan tashib ichuvchilar uchun kishi boshiga kunlik 50 litr;
2. Ichimlik suv tarmog‘iga ulangan, suv berish jadvali asosida suv beriladigan xonadonlar uchun kishi boshiga kunlik 200 litr;
3. Ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan xonadonlar uchun kishi boshiga kunlik – 350 litr;
4. Suv sepish va sug‘orish maydonining har 1 metr kvadrati uchun kunlik 15 litr etib belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0