Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Qahva ovqat hazm qilishga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

© Depositphotos.com / Oleg ZhukovKofe v chashke
Kofe v chashke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2022
Obuna bo‘lish
Qahva o‘t pufagida tosh paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi va ovqat hazm qilish jarayonini faollashtiradi. Batafsil maqolamizda tanishing.
200 ga yaqin ilmiy nashrlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘rtacha miqdorda ya’ni – kuniga uch-besh finjon qahva iste’mol qilish ovqat hazm qilish tizimiga zarar yetkazmaydi, aksincha, o‘t pufagi, pankreatit va ayrim jigar kasalliklari xavfini kamaytiradi. Tadqiqot natijalari Nutrients jurnalida chop etilgan.
Qahva oshqozon-ichak trakti orqali o‘tayotganda uchta asosiy ta’sir ko‘rsatadi: ovqat hazm qilish uchun zarur bo‘lgan oshqozon, o‘t va oshqozon osti bezi sekretsiyalariga, ichak mikrobiotasiga va ichak peristaltikaga ya’ni yo‘g‘on ichak devorlari qisqarishiga, bu ovqatni hazm qilish trakti orqali o‘tishiga zarur bo‘lgan jarayon.
194 ta tadqiqot natijalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, qahva meyorida iste’mol qilinganda
ovqat hazm qilishni rag‘batlantiradi va yo‘g‘on ichak orqali o‘tishga yordam beradi,
ichakdagi “yaxshi bakteriyalar” sonini oshiradi,
o‘t pufagida tosh paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi,
jigarni himoya qilish xususiyatiga ega ya’ni malign o‘smalardan, jigar saratonining eng keng tarqalgan turlaridan biri bo‘lgan gepatotsellyulyar karsinomasidan ham himoya qiladi.
“Ba’zi taxminlardan farqli o‘laroq, kofe iste’moli umuman ichak yoki ovqat hazm qilish muammolari bilan bog‘liq emas”, deydi sharh muallifi, doktor Astrid Nelig, Fransiya Milliy instituti ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha faxriy direktori “Qahva umumiy ovqat hazm qilish muammolarida yordam berishi mumkin. Yangi dalillarning guvohlik berishicha, qahva bifidobakteriyalar kabi ijobiy ichak bakterial guruhlari miqdorini oshiradi”.
Kofe oshqozonda ovqat hazm qilish gormoni gastrin va xlorid kislotasini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Bu moddalarning ikkalasi ham oshqozonda ovqatni parchalashga yordam beradi. Shuningdek, ushbu ichimlik safro ishlab chiqarishni ko‘paytiruvchi gormon - xoletsistokinin sekretsiyasini yaxshilaydi. Tadqiqotda qahvaning ovqat hazm qilish tizimiga salbiy ta’siri haqidagi qo‘rquvlar tasdiqlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0