Talabalar chiptalarni bepul boshqa muddatga almashtirib olishlari mumkin - UzAirways

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoeing 767 uzbekskix avialiniy
Boeing 767 uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2022
Obuna bo‘lish
Talabalar aviaqatnovlarga 50% chegirma bilan xarid qilingan chiptalarni bepul boshqa muddatga almashtirib olishlari mumkin.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Talabalar 24-yanvargacha bo‘lgan aviaqatnovlarga 50% chegirma bilan xarid qilingan chiptalarni 23-fevralga qadar bepul boshqa muddatga almashtirib olishlari mumkin, bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar qildi.
“Dekanatdan ma’lumotnoma va talabalik guvohnomasini taqdim qilsalar, xarid qilayotgan savdo joylaridan 50% chegirma bilan aviachiptalarni rasmiylashtirishlari mumkin”, - deyilgan xabarda.
O‘tgan kuni Xalq ta’limi vazirligi va Oliy ta’lim vazirligi 24-yanvar kunidan bir oy muddat davomida ta’lim muassasalarida o‘qishlar masofadan olib borilishi haqida ma’lum qildi. Sabab — omikron shtammi.
Yangiliklar lentasi
0