Hodisalar

Toshkentda yoʻl oʻrtasida pnevmatik quroldan oʻq uzgan kishi 15 sutkaga qamaldi

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik pravooxranitelnыx organov
Sotrudnik pravooxranitelnыx organov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yoʻlning qatnov qismida mayda bezorilik qilgan Zafar Sultonov va Grigoriy Abdullayev huquqbuzarliklariga nisbatan sud qarori eʼlon qilindi.
TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Toshkentda mayda bezorilik qilganlar 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent IIBB xabar qildi.
Yoʻlning qatnov qismida mayda bezorilik qilgan Zafar Sultonov va Grigoriy Abdullayev huquqbuzarliklariga nisbatan sud qarori eʼlon qilindi.
Sultonovga 15 sutka maʼmuriy qamoq va 1 mln 350 ming miqdorida jarima, Abdullayevga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, ikki kun avval yoʻl oʻrtasida bir fuqaro VAZ-2199 rusumli transport vositasiga qarata oʻq uzganligi aks etgan video internetda tarqalgandi.
Zafar Sultanov (Spark avtomobil haydovchisi) Mirzo Ulugʻbek koʻchasida yoʻlning qatnov qismida oʻzining tanishi 1985 yilda tugʻilgan Grigoriy Abdullayev (u bilan oldindan turmush oʻrtogʻini rashk qilish oqibatida oʻzaro kelishmovchiligi boʻlgan) bilan oʻzaro gap talashib, uning boshqaruvidagi VAZ-2199 rusumli avtomobilning gʻildiragiga tepib, soʻng yonida boʻlgan pnevmatik quroldan avtomobilga bir marotaba oʻq uzgandi.
Yangiliklar lentasi
0