Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Qon bosimini tushiruvchi eng yaxshi mahsulot maʼlum boʻldi

Shpinat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ismaloqni muntazam isteʼmol qilishning foydalari haqida diyetolog-nutritsiolog hikoya qilib berdi.
Ismaloq qon bosimini meʼyoriga keltirishda yordam beradi, deydi parhezshunos Lera Levski, RIA Novosti xabariga asosan.
“Ismaloq-foydali moddalar manbasi. Oʻsimlik, ayniqsa yurak-qon- tomir muammolari boʻlgan insonlar uchun juda foydali. Chunki uning tarkibida kaliy va magniy mavjud. Ushbu minerallar qon bosimini meʼyorlashtirishda va yurak mushaklariga “dam olish”ga yordam beradi”, deydi parhezshunos.
“Ismaloq tarkibida kletchatka koʻp, demak u ichaklarning toʻlqinsimon kerilish yoki siqilish harakatlariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Shuningdek, u qabziyatni oldini olishga, oʻsimlikni muntazam isteʼmol qilish oshqozon- ichak traktining umumiy holatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ismaloq tarkibidagi karotonoidlar kuchli antioksidantlardir. Oʻz salomatligi uchun qaygʻurgan har bir insonning kunlik ratsionida ismaloq boʻlishi lozim”, deydi mutaxassis.
Bemorlarga ismaloq S vitamini manbai sifatida tavsiya qilinadi. Chunki u kasallik vaqtida immunitetni qoʻllab-quvvatlaydi. Ismaloq tarkibida oksalatlar ham koʻp, shu sababli jigar aʼzosi bilan muammolarga duch kelgan insonlar uni ehtiyotkorlik bilan isteʼmol qilgani maʼqul.
Yangiliklar lentasi
0