Jamiyat

Toshkentda tramvay faoliyatini tiklash taklif qilindi

© Sputnik / StringerTramvay v Tashkente
Tramvay v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bu taklif "Oʻzbekiston 24" telekanalida efirga uzatilgan "Menimcha" koʻrsatuvida bildirildi.
TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Toshkent jamoat transportidagi muammolarni hal qilish uchun tramvaylar faoliyatini tiklash taklif qilindi. Bu taklifni telejurnalist Xayrulla Nuriddinov "Oʻzbekiston 24" telekanalida efirga uzatilgan "Menimcha" koʻrsatuvida bildirdi.
"Shahar transporti mavzusi ochilganligidan foydalanib, yana bir taklifni aytmoqchiman. Aholiga qulay va sifatli transport xizmatini koʻrsatish sohasini takomillashtirish maqsadida Toshkentga tramvaylarni qaytarish kerak, menimcha. Katta va gavjum shaharga tramvay juda asqatadi. Hammamizning esimizda-ku oʻsha qulay, bejirim, bir tekisda yuradigan, muhimi, ekologiyaga zarar yetkazmaydigan qadrdon tramvaylarimiz. Bilmadim, balki xato qilayotgandirman, lekin bu mening shaxsiy fikrim. Agar poytaxt mutasaddilarining oʻrnida boʻlganimda, ana shu tashabbus bilan chiqqan boʻlardim", — dedi u.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimot bilan tanishgan edi. Lekin taqdimotdan koʻngli toʻlmaganini maʼlum qilib, mutasaddilarni tanqid qilgan. Xususan, prezidentga transport vaziri Ilhom Mahkamovning taqdimoti maʼqul boʻlmagan.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand tramvayining yoʻlovchisi boʻldi
2016 yilning 2 may kuni Toshkentda harakatlanayotgan soʻnggi tramvay yoʻnalishi — "Beshqayragʻoch" dahasi va Ippodrom oʻrtasida qatnovchi 17-yoʻnalish yopilgan va shu bilan poytaxt tramvayining 115 yillik tarixi yakunlangan.
Yangiliklar lentasi
0