Siyosat

Yunusobod tumani hokimi oʻzgardi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentBaxodir Abduvaliyev
Baxodir Abduvaliyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Abduvaliyev 2019 yildan buyon Toshkent shahar prokurorining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi
TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Bahodir Abduvaliyev Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Abduvaliyev 1968 yil 27 avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 1992 yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi OʻzMU), 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 1992 yildan hozirga qadar huquq-tartibot idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.
U 2019 yildan buyon Toshkent shahar prokurorining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
2021 yilning yanvar oyidan beri Yunusobod tumani hokimi lavozimida Jahongir Ibrohimov mehnat qilib kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0