Iqtisod

Alisher Usmonovga tegishli kompaniya Ohangaron tsement zavodini sotib oldi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka oʻtishRabochiy demonstriruyet produktsiyu zavoda
Rabochiy demonstriruyet produktsiyu zavoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kompaniya rahbariyati taʼkidlashiga koʻra, korxona faoliyatidan olingan barcha daromad Oʻzbekistonda qoladi.
TOSHKENT, 25 yanv – Sputnik. Rossiyaning "Akkermann tsement TSA" kompaniyasi "Ohangarontsement" AJning 98,6% aktsiyalarini sotib oldi deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Rossiyaning "Akkermann tsement" kompaniyasi va uning Oʻzbekistondagi "Akkerman tsement TSA" shoʻʼba korxonasi Alisher Usmonov nazorati ostidagi USM xolding tarkibiga kiradi. Xolding tarkibiga Rossiyaning Navotroitsk va Gornozavodsk shaharlaridagi tsement zavodlari kiradi. Endi ularga "Ohangarontsement" ham qoʻshildi.
Bitimni moliyalashtirishga "Akkermann tsement" MCHJning strategik hamkori "Gazprombank" ham ishtirok etdi.
"Akkermann tsement" matbuot xizmati aytishiga koʻra, oʻtgan yil davomida Ohangarontsement korxnasida tsement ishlab chiqarishning yangi "quruq" uslubi oʻzlashtirilgan boʻlib, uning yordamida yiliga 2,5 million tonna tsement ishlab chiqarish mumkin.
Korxona xabarida aytilishiga koʻra, zavod tomonidan olingan barcha daromad Oʻzbekistonda qoladi va respublikaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga yoʻnaltiriladi.
"Sifatli yangi turar joyga boʻlgan talabning oʻsishi, ipoteka kreditlari tizximining rivojlanishi - kelajakda tsement isteʼmolining oshishiga olib keladi", - dedi "Akkermann tsement" direktori Anton Selyavko.
Korxonaning sobiq mulkdori Lamanka Enterprises Limited (Kipr) va Giacinttar Limited (Britaniya Virgin orollari) "Toshkent" fond birjasi saytida "Ohangarontsement"ning oʻzlariga tegishli boʻlgan aktsiyalarining 84,3% va 14,1% foizi aktsiyalari sotilganini maʼlum qilishdi. Bitim qiymati 1,89 trillion soʻmni ($100 mln.) tashkil qilgan.
Yangiliklar lentasi
0