O‘tgan yil davomida elektromobil importi 6,2 baravarga oshdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishElektromobil Nissan Leaf
Elektromobil Nissan Leaf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna bo‘lish
2021 yilda O‘zbekistonga umumiy qiymati 16,9 mln dollarlik 809 ta elektromobil import qilingan.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. 2021 yilda O‘zbekistonga 809 ta elektromobil import qilingan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Import qilingan bu elektromobillarning qiymati 16,9 mln dollarga teng bo‘lgan.

“Elektromobil importi 2020-yilga nisbatan 679 taga yoki 6,2 baravarga oshgan”, - deyilgan xabarda.

Ular asosan Xitoy – 724 ta, Turkiya – 24 ta va AQSh – 22 ta davlatlaridan xarid qilingan. Shuningdek, Litva – 13 ta, Germaniya – 12 ta, Janubiy Koreya – 5 ta, Ispaniya – 2 ta, Rossiya – 2 ta kabi mamlakatlardan olib kelingan.
O‘zbekistonda mahalliy elektromobillarni sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0