O‘zbekiston aeroportlari faoliyati tiklandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAeroport v Termeze
Aeroport v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna bo‘lish
"Uzbekistan Airports" O‘zbekiston aeroportlari faoliyati tiklanganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan O‘zbekiston aeroportlari yana ishlay boshladi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent xalqaro aeroporti faqat reyslarni qabul qilish uchun ishlamoqda. Hududlardagi aeroportlar reyslarni qabul qilish va jo‘natishni boshlamoqda.
“Uzbekistan Airways” avikompaniyasi O‘zbekistonga kelayotgan va O‘zbekistondan chet el davlatlariga sayohatni rejalashtirgan barcha yo‘lovchilar aviaparvozlari vaqti va jadvali majburiy o‘zgartirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Avvalroq elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilayotgani va hududlarda elektr ta’minoti tiklanayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0