Toshkent aeroporti reyslarni qabul qilmayapti

© Press-slujba prezidenta TatarstanaMejdunarodniy aeroport Tashkenta
Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna bo‘lish
Mamlakat bo‘ylab kuzatilayotgan elektr energiyasidagi nosozliklar Toshkent xalqaro aeroporti faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston bo‘ylab elektr energiyasidagi uzilishlar sabab Toshkent aeroporti reyslarni qabul qilmayapti. Bu haqda Sputnik muxbiriga aeroport xodimi ma’lum qildi.
AviaSpotter telegram kanali ma’lumotlariga ko‘ra, “Uzbekistan Airways” kompaniyasining “Urganch – Toshkent” va “Olmaota – Toshkent” yo‘nalishidagi reyslari Navoiydagi zaxira aerodromiga yo‘naltirilgan.
“Novosti Tashkentskogo Neba” telegram kanali esa "Air Astana" kompaniyasining “Olmaota-Toshkent” reysi Toshkentga uchib kelib, lekin qo‘nmasdan ortga Olmaota xalqaro aeroportiga qaytib ketganini yozmoqda.
Bugun soat 11:00 da energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib, respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Uzilishlar qator xizmat ko‘rsatish sohalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, Toshkent metrosi vaqtincha ishlmayapti. Uy joy kommunal xizmat vazirligi isitish, oqova hamda ichimlik suv tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishidan ogohlantirdi. "O‘zbekiston temir yo‘llari" ayrim yo‘lovchi poyezdlarning o‘z manzillariga yetib borish kechikishi kuzatilishini bildirdi. "O‘zsuvta’minot" esa chimlik suvi yetkazilishida ham vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkingidan ogohlantirdi.
Yangiliklar lentasi
0