Ayrim hududlarda gazda uzilishlar kuzatilmoqda

© Sputnik / Aleksandr VilfGazovaya konforka
Gazovaya konforka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
"Hududgazta’minot" O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuzatilayotgan tabiiy gazdagi uzilishlar sababini ma’lum qildi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. 25 yanvar kuni elektr energiyasi ta’minotida kuzatilgan uzilishlar sabab Gazli, Sho‘rtan hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi 64 ta kon faoliyatini vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, o‘z navbatida bu "O‘ztransgaz" magistral gaz quvurlari va "Hududgazta’minot" mahalliy tarmoqlarida bosimning pasayishiga olib kelgan.
“Ayni vaqtda, Farg‘ona vodiysining qator tumanlari, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida tabiiy gaz ta’minotida bosim pasayishi yoki umuman yo‘qligi kuzatilmoqda”, - deyilgan xabarda.
"Hududgazta’minot" bosimni qayta tiklash va iste’molchilarga tabiiy gazni uzatish ishlari bo‘yicha barcha choralar ko‘rilayotganini bildirgan.
Gaz bosimi pasaygan yoki umuman yo‘q bo‘lgan manzillardan gazda ishlaydigan barcha jihozlarni o‘chirib qo‘yish va binolarni gaz hidi yo‘qligini tekshirish so‘ralmoqda. Zarurat tug‘ilganda 1104 Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Qaysi viloyatlarda elektr ta’minoti 100% tiklandi - vazirlik hisoboti
Yangiliklar lentasi
0