Lavrov G‘arbning yangi sanksiyalari yuzasidan munosabat bildirdi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
Sergey Lavrov G‘arbning yangi sanksiyalari ehtimoli haqida fikr bildirdi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvaga qarshi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni izohlar ekan, G‘arb harbiy jazavaga tushib qolganini aytdi.
"Sanksiyalarga kelsak: biz ko‘rmoqdamizki, bizning g‘arblik hamkasblarimiz, mubolag‘asiz, qandaydir harbiy jazavaga tushib qolgan, ular faqat “agar hujum qilsangiz, jazolaymiz”, deb aytishmoqda. Siz G‘arb o‘z pozitsiyasini shakllantirgan barcha asabiy iboralarni o‘qimoqdasiz” - dedi Lavrov jurnalistlarga.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi o‘z manfaatlari va xavfsizligini eng ishonchli tarzda himoya qilishga va voqealarning har qanday rivojlanishiga tayyor.
"Biz voqealarning har qanday rivojlanishiga tayyormiz. Biz hech kimga hujum qilmaganmiz, har doim bizga hujum qilishgan va buni qilganlar hamisha o‘zlariga munosib javob olishgan”, - dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘arbiy sheriklar o‘zlarini tushirib qo‘ygan boshi berk ko‘chadan qanday chiqishni bilmayapti.
Rossiya bir necha bor G‘arb va Ukrainaga harbiy bosimni kuchayishi haqidagi ayblovlarini rad etib, hech kimga tahdid qilmasligi va hech kimga hujum qilmoqchi emasligi bayon etgan, o‘z hududi ichida qo‘shinlarning harakatini esa o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirishi, bu hech kimga tahdid qilmaydi va hech kimni qiziqtirmasligi kerak.
Avvalroq Rossiya Ukraina atrofida ziddiyatli vaziyat uchun hech qanday bahona yaratmayapti, deb aytgandi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina atrofidagi G‘arb tomonidan ko‘tarilgan isterika Kiyevning Donbass bo‘yicha Minsk kelishuvlarini sabotaj qilish chizig‘ini yopishga qaratilganligini istisno etmaydi.
AQSh va NATOning Ukraina bo‘yicha axborot isteriyasi yolg‘on va soxta ma’lumotlar bilan rosa qoplangan, deb ta’kidlangandi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Yangiliklar lentasi
0