Mirziyoyev elektr energiyasidagi uzilishga munosabat bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
Prezident: Bu hodisadan to‘g‘ri xulosa qilib, biz O‘zbekiston taraqqiyotini davrimizning global muammolari bilan yanada bog‘liq holda ko‘rishimiz kerak.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha yuz bergan elektr energiyasi uzilishi bo‘yicha munosabat bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, global olamda hamma narsa bir-biriga bog‘liq. Har bir odamning hayoti butun insoniyat hayoti bilan yanada ko‘proq bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Olis-yaqin hududlarda yuz berayotgan turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, texnogen ofatlar O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
"Mana kuni kecha elektr ta’minoti bo‘yicha sodir bo‘lgan texnik uzilish bir zumda butun mintaqa hayotida kuchli aks-sado berganiga barchamiz guvoh bo‘ldik. Bu avariyadan o‘sha zahotiyoq xabar topib, darhol Hukumat komissiyasini tuzishga topshiriq berdim. Komissiya tarmoq va hudud rahbarlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib, avariya hamda uning iqtisodiyot va aholi hayotiga salbiy ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni shaxsan nazoratimga oldim", - dedi davlat rahbari kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida.
Prezident avvalo sabr-toqatli xalqqa hamda ushbu vaziyatni bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatgan barcha soha va idoralar xodimlariga o‘z minnatdorchilik bildirdi.
"Bu hodisadan to‘g‘ri xulosa qilib, biz O‘zbekiston taraqqiyotini davrimizning global muammolari bilan yanada bog‘liq holda ko‘rishimiz kerak. Bu boradagi mavjud tahdid va muammolarni bartaraf etishga doimo tayyor turishimiz kerak. Tinch-osoyishta hayot osmondan tushmaydi. Bu hayotni qadrlash, asrab-avaylash, bu hayotni himoya qilish kerak", - deya xulosa qildi Mirziyoyev.

Mavzuga oid:

Nima sababdan O‘zbekistonda blekaut yuz berdi – ekspert javoblari
Qaysi viloyatlarda elektr ta’minoti 100% tiklandi - vazirlik hisoboti
Hukumat komissiyasi elektr energiyasidagi uzilish sabablarini aniqlaydi
“Vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida” – Asadov
Yangiliklar lentasi
0