O‘zbekistonliklarga Rossiyada 15 kun “registratsiyasiz” qolishga ruxsat berilishi mumkin

© Sputnik / Denis GrishkinPosetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarov
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
Yaqinda o‘zbekistonliklarga Rossiyada 15 kun “registratsiyasiz” qolishga ruxsat beriladi
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Yaqinda O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyada 15 kun “registratsiyasiz” qolishga ruxsat berilishi mumkin. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya bilan tegishli kelishuvni tasdiqladi.
Ilgari o‘zbekistonliklar Rossiyaga kirgandan keyin 7 kun ichida, O‘zbekistonda rossiyaliklar esa 3 kun ichida migratsiya ro‘yxatidan o‘tishlari kerak edi.
Fuqaro Rossiya yoki O‘zbekiston hududiga kirgan paytdan kunlarning hisobi boshlanadi.
Hujjat hali kuchga kirmagan.
Prezident Tashqi ishlar vazirligiga kelishuv kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-qoidalari bajarilgandan so‘ng Rossiya tomonini xabardor qilish haqida topshiriq berdi.
Rossiya IIVga ko‘ra, yangi qoidalar Rossiyaga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari sonining ko‘payishiga va migratsiya nazorati samaradorligining pasayishiga olib kelmaydi.
Hozirgi kunda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston fuqarolariga migratsiya ro‘yxatidan o‘tish uchun 15 kunlik muddat belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0