Qaysi viloyatlarda elektr ta’minoti 100% tiklandi - vazirlik hisoboti

© REUTERS / Neil HallOpori LEP v Londone
Opori LEP v Londone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.
TOShKENT, 26 yanv – Sputnik. Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, ayni damda Respublikada elektr ta’minoti o‘rtacha 70%ga tiklangan. Qoraqalpog‘iston va yana oltita viloyat hamda Toshkent shahrida elektr ta’minoti 100% tiklangan.
Xususan, 26-yanvar 04:00 holatiga:
1.
Qorakalpog‘iston Respublikasi — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
2.
Andijon viloyati — Andijon shahar 70%, Xonabod 100%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 10% elektr ta’minoti mavjud.
3.
Buxoro viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
4.
Jizzax viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
5.
Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 5%, G‘uzor tumani 70% ulangan. Muborak tumanidagi gaz konlariga va asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;
6.
Navoiy viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
7.
Namangan viloyati — Barcha tuman va shaharlarda 70% elektr ta’minoti mavjud;
8.
Samarqand viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
9.
Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100%, Termiz shahri 100%, Termiz tuman 70%, Sherobod tumani 15%, Oltinsoy tumani 70%, Sho‘rchi, Boysun, Qumqo‘rg‘on tumanlari 10%, Angor, Mizrobod, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Bandixon tumanlarida 5% elektr ta’minoti mavjud;
10.
Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 100%, Yangiyer 100%, Shirin shahri 100%, Boyovut 100%, Sayxunobod tumani 60%, Guliston tumani 100%, Mirzaobod tumani 100%, Xovos tumani 100%, Oqoltin tumani 100%, Sardoba tumani 100%, Sirdaryo tumanida 40% elektr ta’minoti mavjud;
11.
Toshkent viloyati — Angren shahar 95%, Bekobod shahar 100%, Narafshon shahar 40%, Olmaliq shahar 100%, Chirchiq 80%, Ohangaron shahar 100%, Bo‘ka tumani 40%, Bo‘stonlik tumani 95%, Zangiota tumani 40%, Qibray tumani 95%, Ohangaron tumani 80%, Parkent tumani 80%, Toshkent tumani 80%, Quyi Chirchiq 50%, O‘rta Chirchiq 20%, Yuqori Chirchiq tumani 60%, Chinoz 70%, Yangiyo‘l tumanida 5% elektr ta’minoti mavjud;
12.
Farg‘ona viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
13.
Xorazm viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
14.
Toshkent shahri — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.
Shu bilan birga Energetika vazirligi kecha elektr ta’minotida sodir bo‘lgan uzilishlar tufayli gaz qazib olish konlari va uni gazni ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilishi sodir bo‘lgani va buning oqibatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayganini ma’lum qilgan.
Bu esa o‘z navbatida issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining kamayishi va elektr energiyasini ishlab chiqarishi ham kamayishiga olib kelmoqda. Shu sababli mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib ayrim hududlarida elektr energiyasi navbatma-navbat yetkazib berilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0