Toshkentda gaz bosimi biroz pasayishi mumkin

CC0 / Pixabay / Gazovaya konforka
Gazovaya konforka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda ikki soat davomida gaz bosimi biroz pasayishi mumkin.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahri gaz bilan ta’minlangan, biroq bugun, 26-yanvar kuni soat 14:00 dan 17:00 ga qadar gaz bosimining biroz pasayishi kuzatilishi mumkin.
Soat 17:00 dan keyin gaz bosimi normal holatda iste’molchilarga yetkaziladi.
Bundan oldin elektr energiyasi ta’minotida kuzatilgan uzilishlar sabab Gazli, Sho‘rtan hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi 64 ta kon faoliyatini vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.
Bu "O‘ztransgaz" magistral gaz quvurlari va "Hududgazta’minot" mahalliy tarmoqlarida bosimning pasayishiga olib kelgan.
Yangiliklar lentasi
0