Ukraincha Dunkerk: NATO yakkalangan va tushkunlik kayfiyatida

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishFlag NATO
Flag NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
“Rossiyaning bostirish kirishi” muqarrarligi haqida yolg‘on xabar tarqatib, Vashington va London Kiyevga yuz tonnalab qurol-yaroq va o‘q-dori jo‘natdi, Donbassda tanklar, zalp bilan otiladigan reaktiv tizimlar va milliy batalonlar paydo bo‘ldi.
Qo‘shma Shtatlar tomonidan sun’iy ravishda yaratilgan ukrain inqirozi Shimoliy Atlantika alyansini jiplashtirishga emas, balki yo‘q qilishga qodir, xolos. Amerikaliklar va yevropaliklarning milliy manfaatlari tubdan farq qiladi. O‘n yillar davomida mintaqaviy urushlarni yuzaga keltirib va millionlab kishilar o‘limini kafolatlayotgan Vashingtonning mas’ulyatsiz tashqi siyosati g‘oyat xavfli.
Shartli rusparast Ukraina bir paytlar YeI bilan integratsiyaga intilgandi va Yevropaga urush bilan tahdid qilmagandi. Hammasini 2014-yil qiymati 5 mlrd dollarlik Kiyevda AQSh tomonidan tashkil qilingan qurolli davlat to‘ntarilishi o‘zgartirib yubordi. O‘z manfaatlari ko‘zlab va ittifoqchilariga ziyoniga Vashington Yevropa markazida ofat va ko‘p yillik harbiy keskinlik, Donbassdagi minglab ukrain harbiylari o‘limi uchun va istiqbolda esa NATOning Rossiya bilan keng ko‘lamli qurolli mojarosi uchun zamin hududini yaratdi.
Globa xavfsizlik tushunchalari va parametrlarini o‘zgartirib, AQSh Davlat departamenti bugun qaysarlik bilan Rossiya biror bir “yon berishni” istisno qilmoqda. Yevropada mamlakatning kontinental qismidan 8500 amerikalik harbiy xizmatchilarni zudlik bilan joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Ular orasida havo va dengiz kuchlari ham bor. Shubhasiz, amerikaliklar uchun ukrain tajribasi Afg‘oniston, Iroq, Suriyadagi kabi mag‘lubiyat bilan yakunlanadi. Shunga o‘xshash har qanday kampaniya berqarorlik, ommaviy qurbonlik, AQShga bo‘lgan adovatning yangi to‘lqini ta’minlaydi, xolos. NATOni ichidan barbod qiladi. Vashingtonning buzg‘unchi tajovuzkor tashqi siyosati xususiyati ravshan bo‘ladi. Antisovet, antirossiya va bir vaqtning o‘zida antixitoy harbiy bloki mavjudligining foydasi yo‘qligi ko‘rinadi.
Kaliningrad – NATO qovurg‘alari orasidagi xanjar: uni qanday “zararsizlantirish” mumkin?
Fransiya parlamentida yana mamlakatning NATOdan chiqishini muhokama qilishayotgani tasodif emas. Polsha Kiyev yonini olib urush qilishdan voz kechmoqda, Germaniya Ukrainaga qurol-yaroq va harbiy mutaxassislarni emas, balki dala shifoxonasi va safar krematoriysini jo‘natmoqda. Oxirgisi Kiyev uchun o‘ta salbiy prognozni anglatadi.
Britiyaning “The Week” nashri yozadiki: “Agar G‘arb ukrain demokratiyasini himoq qilolmasa yoki ta’minlay olmasa, demak, aftidan unga Ukraina kerak emas”. Faqat Vashington cho‘kib ketayotgan kishidek “ukrain xasiga” yopishmoqda.
Moskvaning sharqqa siljishni bas qilish, xorijlik qo‘shinlarni sobiq sovet respublikalaridan va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan olib chiqib ketish talablariga javoban Pentagon Sharqiy Yevropaga ilgari Afg‘oniston olib chiqilgan 50 minggacha amerikalik harbiylarni joylashtirmoqchi. Shu bilan birga, xavfsizlik bo‘yicha AQSh va NATO bilan muzokaralarda “vaqt nihoyalamanmoqda”, Rossiya vaziyatga qarab ish tutishga tayyor, ya’ni Yevropadagi o‘z xavfsizligini boshqa vosita va usullar bilan himoya qilishga.

Urush darakchilari

Qator G‘arbiy Yevropa va hatto Kiyev rahbariyati fikriga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirish kirishi real tahdid emas – Davlat departamenti va AQSh pozitsiyasiga qaramasdan. Ehtimol, bu paradoks 26-yanvar kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan “normand shaklidagi” muzokaralar bilan bog‘liq. Shu bilan birga Kreml 24-yanvar kuni Donbassda Ukraina Qurolli kuchlari hujumi tahdidi yuqoriligi haqida ma’lum qildi. Faktlar – Yevropadagi katta urush darakchilari mavjud.
AQSh o‘z fuqarolaridan Ukrainani tark etishni so‘radi
Kreml AQSh tomonidan keskinlik oshirilayotganidan xavotirda. “Rossiyaning bostirish kirishi” muqarrarligi haqida yolg‘on xabar tarqatib, Vashington va London Kiyevga yuz tonnalab qurol-yaroq va o‘q-dori jo‘natdi, Donbassda tanklar, zalp bilan otiladigan reaktiv tizimlar va milliy batalonlar paydo bo‘ldi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xalqqa murojaatida tez orada “mamlakat xududiy yaxlitligi tiklanishini” ma’lum qildi. G‘arb mamlakatlari o‘z fuqarolariga Ukraina hududiga bormaslikni tavsiya qilishmoqda, 23-yanvar kuni AQSh Davlat departamenti amerikalik diplomatlar va ularning oila a’zolariga Kiyevdan ketishga ruxsat berdi.
Yigirmatacha NATO mamlakatlarining Gruziyaga milliardlarga qurol-yaroq yetkazib berishi 2008-yil avgustidagi Rossiya operatsiyasi yakuniga ta’sir qilmadi. Yuz million dollarlik NLAW va Javelintankka qarshi tizimlar, Stinger zenit-raketa tizimlari UQKning Donbassdagi hujumining na muvaffaqiyati, na 2022-yildagi Ukraina hududiy yaxlitligini ta’minlaydi.
Amerikaning “Foreign Policy” yozadi: “Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy balans Moskva foydasiga shunchalik og‘adiki, Vashingtonning har qanday (harbiy-texnika yordami) o‘rinsiz bo‘ladi va mojaro boshlangudek bo‘lsa, uning yakuniga ta’sir qilmaydi”.
Taqqoslash uchun: Belarus Respublikasining ixcham armiyasi bu yil Rossiyadan Mi-35 zarba beruvi vertolotlar eskadrilyasi, Su-30SM og‘ir qiruvchisining yangi partiyasini – umumiy qiymati 600 mln dollar – oladi. UQK bunday qurollanish haqida hatto orzu qilolmaydi.
G‘arb ukrain jangchilarini yashin tezligidagi g‘alabali operatsiyalar uchun emas, balki poyoni yo‘q jang pozitsiyalari va o‘zini o‘zi yo‘q qilishga tayyorlamoqda. Maqsad – chegaraoldidagi mojarani nazorat qilayotgan, Vashington bo‘ylab Rossiya yadroviy zarbasiga o‘tish ketmaslik uchun Rossiyani “tutib turish”.
Sayyoradagi qo‘shnilarni “yaxshilar” va “qochqinlarga” ajratishga bo‘lgan urinishlar Vashingtonga Yaqin Sharqda katta pul va xun to‘lashiga olib kelgandi. Ukraina AQSh geosiyosiy ta’sirish uchun “tobut qopqog‘i” bo‘lishi mumkin.
AQSh Rossiya bilan so‘nggi ukrainalik qolgunicha jang qilmoqchi

Kuchlar mutanosibligi

Moskva yuz minglab Rossiya fuqarolari yashayotgan Donbassdagi harbiy ig‘vo oqibatlari haqida G‘arbni qat’iy ogohlantirdi. Rossiyaning reaktiv artilleriyasi Belarus hududida Kiyevdan taxminan 100 km uzoqlikda joylashtirilgan. Ukraina “o‘rab olingan”. “Rand Corp” tahlilchilari Rossiya HK uzoqqa parvoz qiladigan o‘qlar bioan yuqori daraja aniqlik bilan zarba berish, masofadan turib ukrain mudofaasini bostirish, bevosita bostirib kirmasdan ukrain hududida har qanday harakatlarni amalga oshirish qobiliyatlarini qayd etishmoqda.
O‘rta yer dengizda La-Mansh tomonidan Shimol va Boltiq flotlarining oltita katta desant kemalari kelmoqda, har birida 10 dan ziyod tank va 340 dengiz piyodasi bo‘la olishi mumkin. Rossiya Harbiy-dengiz kuchlarining (HDK) javobgarlik hududida – O‘rta yer, Shimol va Oxota dengizlarida, Tinch va Anlantika okeanlarida va O‘mon ko‘rfazida (Xitoy va Eron HDK bilan birgalikda) – yanvar-fevralda 10 mingga yaqin harbiylar, 140 ta kema, 60 dan ziyod uchar qurilmalari ishtirokida mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi.
NATO mamlakatlari bilan qurolli mojara vaziyatida Rossiya Qurolli kuchlari AQShda qabul qilingan qarorlar markazlarini, ular Rossiyaga biror ziyon yetkazishga ulgurishgunicha, Yer yuzidan yo‘q qilishga qodir. Pentagon va NATOning boshqa mamlakatlari qo‘shinlari texnologik jihatdan dunyodagi eng yangi suvosti kemalari, qiruvchilari, gipertovushli raketalar, havo hujumiga qarshi mudofaa vositalariga ega yuz minglab rossiyalik harbiy professionallar bilan jang qilishga tayyor emaslar. Shunday bo‘lsada ular Kiyevni o‘zi uchun halokatli bo‘lgan urush va UQK yakson qilinishi kafolatlangan ishga gijgijlatishmoqda.
Rossiyaning keyingi harakatlarini oldindan aytish qiyin (vaqt, texnologiya, geografiya, u yoki bu vosita va qurollarni qo‘llash). Bugun bir narsa ayon: AQSh va uning ittifoqchilarining Rossiya pozitsiyasini o‘zgartirish va o‘zgalar hisobiga o‘zining xavfsizligini galdagi mustahkamlash qo‘llaridan kelmaydi. Ko‘rinib turibdiki, Kreml xavfsizlik maqsadlariga erishish uchun har qanday zaruriy vositalar bilan harakat qilishga shay.
“Ular yo‘l chetidan yurishibdi”: Donbassda nimalar boshlanyapti
Rossiya TIV 1962-yildagi Karib ishini istisno qilmayapti. Shunday bo‘lsada voqealardan oldin biror narsa demaslik ma’qul, Rossiya urushdan manfaatdor emas. Davlat dumasi kengashi fevralda DXR va LXRni tan olish to‘g‘risidagi Rossiya prezidentiga murojaatnomani ko‘rib chiqadi.
Stendford universitetidagi xalqaro xavfsizlikka oid seminarda AQSh HDF ilmiy tadqiqot institutining yetakchi mutaxassisi Maykl Kofman dunyoga UQK majbur qilgan Rossiya operatsiyasi algoritmi va ehtimolini yetarlicha ishonchli va haqiqatga o‘xshash qilib prognoz qildi. Asosiy xulosalar:
Kiyev mobilizatsiya tuzog‘iga tushib qoldi;
UQK keng ko‘lamli jangovar harakatlari tajribasi juda kam, HDK va HHK ishtirokida esa umuman yo‘q;
Rossiyaning quruqlikdagi, havo va dengiz kuchlarini jalb qilgan holdagi ehtimoliy operatsiyasi Ukrainaning barcha hududlariga taalluqli bo‘ladi – ishg‘ol qilishlik niyatisiz, lekin Kiyevda rusparast hukumat paydo bo‘lishi bilan;
UQKning mudofaadagi imkoniyatlari juda kam, ukrain partizan harakatining istiqboli yo‘q.
“Hamkorlarning” kelishib olishga qobiliyati yo‘qligi sharoitida Rossiyaning Ukraina va Gruziyaning NATOga a’zolik imkoniyatini chiqarib tashlash talabi oqilona, tizimli va qonuniy. AQShning 2014-yil Kiyev “maydani”ga aralashgani haqida ko‘p gapirish mumkin.
Avvalroq Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov degandi: “Ukraina va Gruziya hech qachon, hech qachon NATO a’zolari bo‘lishmaydi. Bu NATO pozitsiyadagi yaxshi tomonga bo‘lgan istalgan o‘zgarish bo‘lgan bo‘lardi. Behuda suhbatlar, yari va’dalar yoki yopiq eshiklar ortidagi muzokaralarning o‘z ixtiyori bilan ta’riflashdan to‘ydik. Biz endi boshqa tomonga ishonmaymiz. Bizga mustahkam, suv o‘tmaydigan, o‘q o‘tmadigan yuridik jihatdan javobgarlik yuklaydigan kafolatlar lozim. Ishontirish, ogohlantirishlar emas, balki kafolatlar, “shart”, majbur” degan barcha so‘zlar bilan. Bu hujjatda bo‘lishi kerak bo‘lgan hamma narsa bu – “bu mamlakatlar hech qachon NATO a’zolari bo‘lishmaydi”.
Rossiya global xavfsizlikning eng yangi tizimi shakllantirishni boshlab berdi va G‘arb “hamkorlarining” “ukraincha Dunkerk”dan qutilib qolishlariga hali kech emas.
Yangiliklar lentasi
0