Gaz ta’minoti qachon to‘liq tiklanishi ma’lum bo‘ldi

© Pixabay / StroganovaPlita
Plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2022
Obuna bo‘lish
Ayni damda Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlaridan tashqari qolgan hududlarda gaz ta’minoti to‘liq tiklangan.
TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Aholiga tabiiy gaz yetkazib berish bosqima-bosqich tiklanmoqda, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi.
Ayni damda tabiiy gaz iste’molchilarining 63 %iga yetkazib berilmoqda, - deyilgan xabarda. Quyidagi hudularda gaz ta’minoti to‘liq tiklanmagan. 26-yanvar soat 21:00 holatiga:
1.
Farg‘ona viloyatida — 32%;
2.
Andijon viloyatida — 73%;
3.
Namangan viloyatida — 77%;
4.
Toshkent viloyatida — 89%;
5.
Samarkand viloyatida — 6%;
6.
Toshkent shahrida — 67%ni tashkil etmoqda.
Shuningdek, bugun, 27-yanvar kuni ertalab soat 9:00 dan boshlab shaharlararo yo‘nalishlar bo‘ylab, shuningdek, aksariyat hududlarda gaz quyish shoxobchalari ishlay boshlaydi.
Faqat Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bundan mustasno bo‘lib, ushbu hududlarda gaz ta’minotining ish rejimini tiklash ishlari olib borilmoqda.
Ertaga ertalabdan boshlab respublikamizdagi barcha gaz quyish shoxobchalari ish faoliyatini tiklash rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo energetika halqasida sodir bo‘lgan yirik avariya tufayli 25-yanvar kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda bir necha soatga elektr ta’minoti butunlay to‘xtatilgan edi. Buning oqibatida gaz qazib olish stansiyalaridagi kompressorlar to‘xtab qolgan va respublika gaz ta’minoti tizimida uzilishlar kuzatila boshlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0