O‘zbekistonda aviaspotting qonuniylashtirildi

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Mediabankka o‘tishPassajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy
Passajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2022
Obuna bo‘lish
2022 yil 1-maygacha birinchi bosqichda Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportlarida samolyotlar harakatini kuzatish va suratga olish uchun kuzatish maydonchalari to‘liq faoliyat ko‘rsatadi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarda aviaspotting yo‘lga qo‘yiladi. Bu Vazirlar mahkamasining “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-maygacha birinchi bosqichda Toshkent xalqaro aeroporti va Samarqand xalqaro aeroportida, 1-iyuldan esa qolgan barcha xalqaro aeroportlar hududida aviaspotting bilan shug‘ullanish uchun kuzatish maydonchalari to‘liq faoliyat ko‘rsatadi.

Respublikadagi barcha xalqaro aeroportlarda, ularga tutash hududlarda aviaspotting mashg‘ulotlari uchun ixtisoslashtirilgan joylar (kuzatish maydonchalari) bosqichma-bosqich ajratiladi.
2022 yil 1-maydan mahalliy havaskorlar va professional aviaspotterlar uchun har choraklik mavsumiy tanlovlar, shuningdek, har yilgi tanlovlar ta’sis etiladi hamda tashkil qilinadi.
Camolet Boeing 767 aviakompanii Uzbekistan v aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston
Avispotting

Aeroportlarda havo kemalari harakati va parvozini kuzatish hamda ularni professional va havaskorlar (aviaspotterlar) tomonidan foto, video tasvirga olinishi

Yangiliklar lentasi
0