Qaysi hududlarda elektr ta’minoti haligacha to‘liq tiklanmadi?

© Pixabay/a_roeslerLampa nakalivaniya
Lampa nakalivaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2022
Obuna bo‘lish
Ayni damda faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Jizzax viloyalari hamda Toshkent shahri elektr energiyasi ta’minoti 100% tiklangan.
TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida elektr ta’minoti haligacha to‘liq tiklanmagan deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi.
Xususan, 26-yanvar soat 22:00 holatiga vaziyat quyidagicha:
1.
1. Qorakalpog‘iston Respublikasi (100%) — Barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud;
2.
2. Andijon viloyati (55%) — Andijon shahar 75%, Xonobod tumani 80%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 40% elektr ta’minoti mavjud;
3.
3. Buxoro viloyati (80%) — Qorako‘l tumani 60%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 100% elektr ta’minoti mavjud;
4.
4. Jizzax viloyati (100%) — Barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud;
5.
5. Qashqadaryo viloyati (70%) — Qarshi shahar 85%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 60% elektr ta’minoti mavjud;
6.
6. Navoiy viloyati (95%) — Xatirchi tumani 80%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 100% elektr ta’minoti mavjud;
7.
7. Namangan viloyati (70%) — Namangan shaxri 75%, Mingbuloq tumani 75%, Kosonsoy tumani 75%, Norin tumani 80% Pop tumani 70%, To‘raqo‘rg‘on tumani 75%, Uychi tumani 75%, Uchqo‘rg‘on tumani 80%, Chortoq tumani 75%, Chust tumani 75%, Yangiqo‘rg‘on tumani 80%, Namangan tumani 80% elektr ta’minoti mavjud;
8.
8. Samarqand viloyati (60%) — Kattaqurg‘on shaxar 50%,Kattaqurg‘on tumani 90%, Jomboy tumani 90%, Pastdarg‘om tumani 10%, Narpay tumani 70%,Tayloq tumani 70%, Urgut tumani 80%, Samarqand shaxar 100% elektr ta’minoti mavjud;
9.
9. Surxondaryo viloyati (65%) — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 %, Termiz shahri 70%, Termiz tuman 60 %, Oltinsoy tumani 70%, Sho‘rchi, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Angor, Mizrobod, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Bandixon tumanlari 20% elektr mavjud;
10.
10. Sirdaryo viloyati (70%) — Shirin shahri 100%, qolgan tuman va shaharlarda 75% elektr ta’minoti mavjud;
11.
11. Toshkent viloyati (80%) — Angren shahar 40%, Bekobod shahar 40%, Narafshon shahar 30%, Olmaliq shahar 70%, Ohangaron shahar 50%, Chirchiq shahar 80%, Yangiyo‘l shahar 50%, Buka tumani 45%, Bo‘stonlik tumani 70%, Zangiota tumani 100%, Qibray tumani 90%, Quyi Chirchiq tumani 60%,Ohangaron tumani 50%, Parkent tumani 70%, Piskent tumani 30%, Toshkent tumani 80%, O‘rta Chirchiq tumani 25%, Yuqori Chirchiq tumani 70%, Chinoz tumani 90%, Yangiyo‘l tuman 80% elektr ta’minotiga ulangan;
12.
12. Farg‘ona viloyati (70%) — Dang‘ara tumani 60%, Farg‘ona tumani 75%, O‘zbekiston tumani 50%, Rishton tumani 50%, Buvayda tumani 40%, Qo‘qon shahar 100%, Toshloq tumani 50%, Marg‘ilon shahar 60%, Qo‘shtepa tumani 50%, Bog‘dod tumani 50%, Oltariq tumani 50%, qolgan tuman va shaharlarida 100% elektr ta’minoti mavjud;
13.
13. Xorazm viloyati (100%) — Barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud;
14.
14. Toshkent shahri (100%) — Barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo energetika halqasida sodir bo‘lgan yirik avariya tufayli 25-yanvar kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda bir necha soatga elektr ta’minoti butunlay to‘xtatilgan edi. Buning oqibatida gaz qazib olish stansiyalaridagi kompressorlar to‘xtab qolgan va respublika gaz ta’minoti tizimida uzilishlar kuzatila boshlagan edi. Gaz ta’minotidagi uzilishlar o‘z navbatida IESlar faoliyatiga ta’sir qildi.
Yangiliklar lentasi
0