Rossiyada o‘zbekistonliklarning eski “prava”larini yangisiga almashtirib berish boshlandi

© Sputnik / /StringerVoditelskie prava novogo obrazsa
Voditelskie prava novogo obrazsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2022
Obuna bo‘lish
Eski namunadigi haydovchilik guvohnomasini Rossiyada yangisiga almashtirish uchun qanday hujjatlar bilan qayerga murojaat qilish kerak?
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. 25 yanvardan boshlab O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasining konsullik bo‘limida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish niyatida bo‘lgan fuqarolarni qabul qilish boshlandi.
Fuqarolar bu masala yuzasidan mamlakatning Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov-Don, Sankt-Peterburg shaharlaridagi bosh konsulxonalariga ham murojaat qilishlari mumkin.
Xohlovchilar quyidagi hujjatlar to‘plami bilan elchixonaning konsullik bo‘limiga va yuqoridagi bosh konsulxonalarga murojaat qilishlari mumkin:
xorijga chiqish biometrik pasporti yoki fuqarolik biometrik pasporti (ID-karta);
eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
uning taloni.
Bu hujjatlarning asl nusxalarini olib kelish kerak.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Elchixona konsullik bo‘limining call-markaziga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilish so‘ralgan: +7-499 230-00-76, +7-499 238-36-20 yoki Telegram-kanaliga (@UzKoRusFAQ) savollarni yuborish mumkin.
Endi o‘zbekistonliklar Rossiyada ham haydovchilik guvohnomasini almashtirishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0