Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmoqda

© Pexels/JACK REDGATELuja ot dojdya
Luja ot dojdya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 28-29 yanvar kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor kuchli bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. 28-29 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan Kaspiy dengizi va Turkmaniston orqali nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
28-29 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:
28 yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;
28 yanvarda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin;
29 yanvarda Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
28-29 yanvarda respublika hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
28-31 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.
OB-HAVO PROGNOZI
28 yanvar kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nailishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nailishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-10° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chish havfi bor. Sharqiy shamol yo‘nailishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0