Moskva Vashingtondan maxfiy hujjat oldi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishPosol SShA v Rossii Djon Sallivan u zdaniya Ministerstva inostrannix del Rossii
Posol SShA v Rossii Djon Sallivan u zdaniya Ministerstva inostrannix del Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2022
Obuna bo‘lish
Amerika yevropaliklar qo‘li bilan urush qilmoqchi. Yevropa buni tushungan shekilli – imkon qadar qarshilik ko‘rsatmoqda. Ehtimol shu sababli AQSh Moskvaga yuborgan xat mazmunini maxfiy saqlashni so‘ragan.
TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan 26-yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligiga 2t xat olib keldi. Ushbu xatlarning biri Vashingtondan ikkinchisi NATOdan bo‘lib, ular Rossiyaning dekabr oyida jo‘natgan takliflarining rasmiy javobi edi.
Ularda aniq nima yozilgani hozircha jamoatchilikka ma’lum emas, lekin AQSh davlat kotibi Blinken OAVga hech qanday surpriz bo‘lmasligini va “AQSh o‘z pozitsiyasidan voz kechmaydi” deb ma’lum qildi.
“Rossiya kuch ishlatishdan, tajovuzkor ritorika va bizning ittifoqchilarimizga va boshqa xalqlarga voz kechishi kerak, - dedi Blinken. – Rossiya o‘zining Ukraina, Gruziya va Moldova respublikalari hududlarida ushbu respublikalar bilan kelishilmagan holda joylashtirilgan bo‘linmalarini olib chiqishi kerak”.
Ukrainaning qayerida davlat kotibi Rossiya bo‘linmalarini topgani noma’lum, lekin qolgan ikki holatda gap Pridnestrovye va Janubiy Osetiya haqida ketayotgani aniq.
Shuningdek, Blinken Ukrainaga Amerika qurollari yetkazib berish davom etayotganini va “kerak bo‘lsa bu qurol qo‘llanilishi mumkinligini” ham aytib o‘tdi. U Ukraina iqtisodiga yordam berish haqida ham gapirdi. Bu sinizmdan boshqa narsa emas. Axir aynan Vashington Ukrainani turli harbiy avanturalarga tortib grivna kursini pastga tushirib yubordi va iqtisodini barbod qildi. Endi bo‘lsa ana shu kishilarning o‘zi Ukrainaga pul bermoqchi. Ular o‘z provokatsiyalarini to‘xtatmasa bo‘ldi.
Davlat kotibining matbuot anjumanida hammaning joniga tekkan “NATOning ochiq eshiklari” va “ittifoqchilarga va ayniqsa Ukrainaga sadoqat” to‘g‘risidagi gaplari yana bir bor aytildi. “Biz, alyansimiz, Yevropa va Shimoliy Amerika xavfsizligi borasida - kompromissga bormaymiz, - dedi Blinken. – Millatlar o‘z mustaqil yo‘lini tanlash huquqini hurmat qilish kerak”.
Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risida ham ko‘p gapirildi – Blinken yana bir bor Rossiya “eksportini nazorat qilish” to‘g‘risida gapirdi. Shu bilan birga Blinken agar Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berishdan “qurol sifatida foydalanishga qaror qilsa” uni yana bir bor “jazolash kerakligini” aytdi. Xullas amerikaliklar “Shimoliy oqim-2”ni ham ta’qiqlashni rejalashtirayotgani aytib o‘tishdi.
Bu gaplarning hammasini oldin ham eshitgan edik, Rossiyaga qo‘yilayotgan barcha talablarni Ukrainga olib borib taqash ham birinchi marotaba emas. Lekin, Moskva taklifiga Vashington qanday javob berdi? Matbuot anjumanida birinchi savol ham ana shunday bo‘ldi.
“Siz Moskvaning Ukraina va Gruziyani NATO tarkibiga qo‘shmalik talabiga keskin “yo‘q” deb javob berdingizmi?”
Shu yerda AQSh davlat kotibi javobdan qocha boshladi. “Men konkret narsalar haqida gapirishni istamagan bo‘lardim”, - dedi u va yana “Natoning ochiq eshiklari” va “ommaviy bayonotlar” haqida gapirib ketdi.
“Ushbu munosabat bilan o‘z o‘zidan savol paydo bo‘ladi. Agar AQSh javobida keskin “yo‘q” deyilgan bo‘lsa, nima uchun ular amerikaliklar ushbu xatni maxfiy saqlashni so‘rashmoqda? U yerda nima sir bor?
Nima bo‘lgada ham, o‘z xatida amerikalik hamkorlar turli tuman ayyorona iboralar yordamida NATOning sharqqa kengaymasligi borasidagi savolga aniq javob berishdan qochishdi. Bu haqida Sergey Lavrov “Asosiy savol bo‘yicha hech qanday ijobiy reaksiya yo‘q. Asosiy masala esa – NATOning sharqqa kengaymasligi va chegaralar yonida Rossiya Federatsiyasiga tahdid soluvchi qurollar joylashtirmaslik bo‘yicha bizning talablarimiz aniq. Bunday kafolatlar o‘rniga Rossiyaga kichik, arzimas imtiyozlar taklif qilinmoqda”.
Wall Street Journalda yaqinda AQSh prezidenti ma’muriyati Qora dengiz orqali harbiy kemalar o‘tishining yangi qoidalarini muhokama qilayotgani va Polsha va Ruminiyada joylashtirilgan amerika raketa majmualarini tekshirish haqida ma’lmuot tarqaldi. Bularning ikkalasi ham Rossiya “xavotirlariga” javob bo‘lishi kerak.
New York Times yozishiga ko‘ra Oq uy xatida o‘zaro cheklab turish choralari bo‘yicha muzokaralr o‘tkazish, o‘rta va yaqin masofa raketalarini cheklash va harbiy o‘quv mashqlarini chegaradan uzoqroq hududlarda o‘tkazish borasida takliflar ham bor.
Yens Stoltenberg aytishiga ko‘ra, NATO xatida Moskva va alyans orasida aloqalarni tiklash masalasi ko‘tarilgan. “Biz o‘zimizning Moskva va Brusseldagi ofislarimizni tiklashimiz kerak” – dedi NATO rahbari. Lekin bularning hammasi Rossiya rahbariyati oldin ogohlantirgan “mavzuni aylantirishdir”. Ya’ni “Muzokaralarni boshlash imkoniyati to‘g‘risidagi muzokaralar”.
Ushbu go‘yoki yumshatish harakatlari bilan bir vaqtda vaziyatni keskinlashtirish ham davom etmoqda. Estoniyaga yaqinda amerikaning 6ta qiruvchi samolyoti kelib qo‘ndi. Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays hozirgina Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda amerikaliklar “Shimoliy oqim-2”ni ishga tushirishga yo‘l qo‘ymasliklarini ma’lum qildi.
Shu bilan birga Amerikada ayni damda ukraina borasida hech qanday yakdillik yo‘q. Yangi konservatorlar, burokratlar va jurnalistlarning jo‘r ovozi fonida AQSh Rossiya atrofida vaziyatni taranglashtirishi uchun hech qanday ehtiyoj yo‘q, Rossiyaga tahdidni kuchaytirish – xafli bo‘lishi mumkin, Moskva talabini bajarib harbiy bloklarning 25-yil oldingi holatiga qaytish yaxshi bo‘lardi, deb turgan ovozlar yo‘q bo‘lib ketmoqda.
So‘nggi haftalar davomida biz bir necha ekspertlardan Ukraina va Gruziya NATOga kerak emas, hatto Boltiqbo‘yi davlatlari va Sharqiy Yevropa ham. Umuman bir vaqtlar Sovet Ittifoqidan himoya maqsadida tashkil qilingan NATOning hozir nima keragi bor?” – deb masalani ko‘ndalang qo‘ydi Fox News boshlovchisi Taker Karlson.
“Ular nima uchinji jahon urushini boshlamoqchimi? – deb bunga munosabat bildirdi sobiq prezident Donald Tramp. Ellik ming amerikalik askarlarni Ukrainaga uchun urushish maqsadida Yevropaga jo‘natish - bu qandaydir axmoqlik. Mening davrimdan bunday bo‘lmagan bo‘lardi”.
Ya’ni amerika elitasi orasida ham bu borada yaqqon kelishmovchilik bor. Ko‘rinishidan ular o‘zlari nima qilayotganini tushunmay qolganga o‘xshaydi. Vashingtonning tajovuzkor siyosati bu – boshqarilayotgan xaosmi yoki boshqarilmayotgan? Endi nima qilish kerak? Javob bitta: vaqtni cho‘zish, mavzuni aylantirish, ma’nosiz xatlar yozish.
Yevropada bo‘lsa qarama-qarshiliklar undan ham ko‘p. Bir tomondan AQSh va Britaniya asosiy Yevropa davlatlari Germaniya va Fransiyani Rossiyaga qarshi tish qayrashga chaqirmoqda. Yevropaliklar bo‘lsa tarixiy xotiralarini yodda tutgun holda, bunga imkon qadar qarshilik qilishmoqda.
Ayni damda Parijda “Normand to‘rtligi” muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Ularning maqsadi Ukrainadagi vaziyatni normallashtirish. Barcha tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish tarafdorlari ekanini bildirishdi.
Germaniya prinsipial ravishda Ukrainaga qurol yetkazib berishdan voz kechmoqda va hozirgina buni Estoniyaga ham ta’qiqladi. Estonlar Ukrainaga nemis qurollarini yetkazib bermoqchi bo‘lishayotgan edi. Germaniya Ukrainaga 5 mingta kaska yetkazib berdi xolos. Bunga javoban Kiyev meri Klichko “Keyingi safar nima bo‘ladi, yostiqlarmi?” dedi istehzo bilan.
Ushbu vaqtda Britaniya elitasi taniqli jurnalist va aristokrat Patrik Vinturaning og‘zi bilan Fransiya va Germaniyani Rossiyaga nisbatan “yetarlicha agressiya”namoyish qilmaslikda ayblamoqda. Ushbu ikki davlat “Putinga nisbatan ortiqcha optimizmni kechirishda” ayblanmoqda. Babetta urushga borishi kerak. Agar bormasa Vashington ularga gazni o‘chiradi, ya’ni “Shimoliy oqim-2”ni.

Yevropa sekin asta bir narsani tushunib yetmoqda – Amerika yevropaliklar qo‘li bilan urush qilmoqchi. Ular bunday bo‘lmasligi uchun hamma ishni qilishga tayyor. Amerika ham buni tushungan shekilli, shu sababli Moskvaga yuborilgan xat mazmunini maxfiy saqlashni so‘ragan. Bunday o‘zaro ishonchsizlik muhitida alyans ichida aytilgan har qanday ibora Vashington Moskva bilan alohida kelishib olayotgaining dalili sifatida qabul qilinishi mumkin. Oldin shunday ham bo‘lgan axir.

Masalan Afg‘onistondan so‘ng, NATO ishtiorkchilari ochiqchasiga amerikaliklar tolibon bilan oldindan kelishib olishgani, lekin ittifoqchilarga esa postfaktum ma’lum qilishganini haqida aytishgan edi. Moskva bilan muzokaralar ittifoqchilar orasida yanada ko‘proq shubha va xavotir uyg‘otmoqda.
Fransiya va Germaniyaga hech qaday mojaro kerak bo‘lmasa Polsha, Boltiqbo‘yi davlatlari va NATOning boshqa kichik ukalari aynan shuni istamoqda. Shu sababli ham yuqori maxfiylik va tarixda bo‘lmagan g‘alati diplomatik uslublar qo‘llanilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0