Toshkent arxitektura-qurilish instituti transformatsiya qilinadi

© pixabayMujchina sidit u kompyutera
Mujchina sidit u kompyutera - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent arxitektura-qurilish instituti nomi o‘zgaradi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Qurilish vazirligi “Toshkent arxitektura-qurilish institutini transformatsiya qilish va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasini tayyorlab, umumiy muhokamaga qo‘ydi.
Unga ko‘ra, Toshkent arxitektura-qurilish institutini Toshkent arxitektura-qurilish universiteti deb qayta nomlanadi.
Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlarini belgilanadi.
Xalqaro miqyosda tanilishi, yangi avlod faol universitetiga aylanishi va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida Universitetni transformatsiya qilinadi.
Universitetni transformatsiya qilish orqali jahondagi nufuzli universitetlarning (TOP-1000) ilg‘or ma’muriy, ta’lim va ilmiy-tadqiqot tizimlarini joriy etish ko‘zda tutilgan.
Universitetda yangi formatdagi o‘quv jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan boshlash rejalashtirilgan.
Universitetning yangi tuzilmasi shakllantiriladi va bu asosida zamonaviy boshqaruv tizimini (Senat Kengashi, Boshqaruv kengashi va Bosh kotibiyat) joriy etiladi.
Universitetning moddiy-texnik bazasi (8 000 nafar talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, talaba-yoshlar markazi, faollar zali, kutubxona, ma’muriyat) zamonaviy loyihalar asosida quriladi.
Yangiliklar lentasi
0