Hodisalar

Toshkent hayvonot bogʻida ayol qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yubordi

© Press-slujba Tashkentskogo zooparkaBurыy medved
Burыy medved - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent hayvonot bogʻida ayol kichkina qizaloqni ayiq voleriga tashlab yubordi.
TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Toshkent hayvonot bogʻida ayol qizaloqni ayiq voleriga tashlab yubordi, deya xabar qildi bogʻ matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 28 yanvar kuni soat, taxminan, 12:00 larda yosh ayol nomaʼlum sabablarga koʻra xaloyiqning koʻz oldida kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgan.
"Zuzu laqabli Kavkaz qoʻngʻir ayigʻi oʻz volerida yotib olib, qizaloqni metall toʻsiq ustidan otib yuborgan ayol harakatlarini kuzatdi. Mehmonlarimiz va xodimlarimizning urinishlariga qaramasdan, ayolni toʻxtatib qolishning imkoni boʻlmadi. U bolani yirtqichning qafasiga otib yuborishga erishdi. Zuzu ayigʻimiz sekingina zovurga tushib, qizaloqni hidlab koʻrdi va undan uzoqlashdi", – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Shuningdek, "Yirtqichlar" boʻlimi xodimlari tez harakat qilishgan va ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq boʻlishgan.
Bola volerdan olib chiqilgan hamda hayvonot bogʻining hamshirasi tomonidan koʻrikdan oʻtkazilgan. Qizaloq yirtqich tishlari va panjalaridan emas, faqat qariyb 5 metr balandlikdan yiqilish tufayli jarohat olgan. Dastlabki koʻrikda urilishlardan tashqari koʻzga koʻrinarli jiddiy shikastlar aniqlanmadi.
Ayni damda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan voqea sabablari oʻrganilmoqda. Bola shifokorlar nazorati ostida.
Toshkent hayvonot bogʻida ona 3 yoshli qizini ayiqlar volyeriga tashlab yuborganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.
Yangiliklar lentasi
0