Jamiyat

Uzbekistan Airways 30-yilligi munosabati katta chegirma eʼlon qildi

© Sputnik / Marina Lыstseva / Mediabankka oʻtishBoing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Uzbekistan Airways oʻz yubileyi arafasida barcha parvozlarga 30%li chegirmalar eʼlon qildi.
TOSHKENT, 28 yanv - Sputnik. Uzbekistan Airways kompaniyasi tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan aktsiya eʼlon qildi.

Faqat 28 yanvar kuni Uzbekistan Airwaysning barcha reyslari aviachiptalariga 30% chegirma amal qiladi, - deyilgan xabarda.

Aktsiya qoida va shartlari:
30% chegirmali aviachiptani 2022 yilning 28 yanvar sanasi soat 00:00 dan 23:59 (mahalliy vaqt) gacha xarid qilish mumkin;
Aviachiptani www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airvays Sales filialida va aviakompaniyaning Oʻzbekistonda Respublikasidagi agentlaridan xarid qilish mumkin;
Aviatashuvlar muddati cheklanmagan (aviachiptani rasmiylashtirish amaldagi reyslar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi);
Chegirma ekonom va biznes klass tariflarining barcha turlariga amal qiladi;
Ushbu chegirmani boshqa chegirmalar bilan (bolalardan tashqari) qoʻllash taqiqlanadi;
Chegirma code share reyslarida va savdo bitimlari doirasida eʼlon qilingan tariflar uchun qoʻllanilmaydi;
Aktsiya doirasida sotib olingan aviachiptalarni qaytarish va boshqa sanaga rasmiylashtirish shartlari bilan aviakompaniya rasmiy saytida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0