Hodisalar

Ayiq qafasi ichiga tashlab yuborilgan qizaloqning ahvoli yaxshi - SSV

© Minzdrav UzbekistanaDevochka kotoruyu sbrosili v volyer k medvedu pod nadzorom vrachey
Devochka kotoruyu sbrosili v volyer k medvedu pod nadzorom vrachey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qizaloq ayni damda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazida shifokorlar nazorati ostida.
TOSHKENT, 29 yanv - Sputnik. Kecha Toshkent hayvonot bogʻida onasi ayiq qafasi ichiga tashlab yuborgan qizchaning ahvoli yaxshi deb, xabar qilmoqda Svogʻliqni saqlash vazirligi.
Maʼlum boʻlishicha, 2018 yilda tugʻilgan qizaloqqa dastlab hayvonot bogʻi hamshirasi birinchi yordam koʻrsatadi. Shundan soʻng u soat 13:30 larda tez yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.
Qizaloq yengil shok holatida boʻlgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi kuzatilgan. Shifoxonada barcha zarur tibbiy koʻriklardan zudlik bilan oʻtkazilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bogʻida mudhish hodisa yuz bergan edi. Soat taxminan 12:00 larda yosh ayol nomaʼlum sabablarga koʻra odamlarning koʻz oldida oʻz qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan. Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bogʻi xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirib qizaloqni chiqarib olishgan.
Ayni damda Prokuratura tomonidan ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.
Toshkent hayvonot bogʻida ayol qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yubordi
Yangiliklar lentasi
0