Jamiyat

Prezident maktablarni isloh qilish haqida nima dedi – asosiy tezislar

© UzAV Namangane otkrыlas Prezidentskaya shkola
V Namangane otkrыlas Prezidentskaya shkola - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston maktablari faoliyati darslikdan binogacha qayta koʻrib chiqiladi, ular ham moddiy va maʼnaviy boyitiladi.
TOSHKENT, 29 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Oʻzbekiston maktablarining bugungi holati tanqid qilinib ularning isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari belgilab olindi.

Taʼlim islohotiga doir

oʻqitish metodikasi, darsliklar, partadan tortib, binosigacha toʻliq qayta koʻrib chiqiladi;
muallimlarga munosib sharoitlar yaratiladi, bir vaqtning oʻzida ularning bilim va malakasi, dars oʻtishiga talab ham tubdan kuchaytiriladi;
yangi qurilayotgan va taʼmirlanayotgan maktablar ham oʻquvchilar, ham pedagoglar uchun qulay va moslashuvchan boʻlishi kerak. "Yangi qurilayotgan maktablarda quyosh paneli va issiq suv kollektori albatta boʻlishi shart" – prezident;
maktabdan doimo “ziyo nuri” doimo taralib turishi kerak. "Maktablarning dars tugashi bilan yopilishi - bu mutlaqo notoʻgʻri. Kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari, tadbirlar zali doimiy ishlashi, ularda har kuni musobaqa, kontsert, kitobxonlik, mushoira, “Zakovat” va boshqa intellektual oʻyinlar oʻtkazilishi kerak", dedi davlat rahbari;
Shuningdek, har bir maktabda baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik yoʻnalishlarida toʻgaraklar va badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etilishi belgilandi. Maktabni bitirgan bola kamida bitta kasb bilan birga bitta milliy cholgʻu asbobini chalishni bilishi shart;
respublikadagi 274 sport maktablarining har biriga bittadan maktab biriktirilib, ularning hududida kamida bitta olimpiya sport turi boʻyicha toʻgarak tashkil etiladi;
Yigʻilishda barcha maktablarda vatanparvarlik darslarini tashkil etish vazifasi qoʻyildi. "Maktablardagi taʼlim va tarbiya milliy ruh va vatanparvarlik gʻoyalari bilan uygʻun boʻlishi zarur" - prezident.

Tashkiliy masalalar

Maktablar qurilishi va taʼmirlanishi bilan bundan buyon viloyat, shahar va tuman hokimlari shugʻullanadi. Bugundan boshlab Xalq taʼlim vazirligining qurilishga buyurtmachi boʻlish vakolati tugatiladi.
"Barcha darajadagi hokimlar bir narsani chuqur anglab yetishi kerak - bugundan “hokimlarning maktabga eʼtibor qilish besh yilligi” boshlanadi", dedi Prezident.
Tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab taʼlimini isloh qilish kengashlari tuziladi. "Respublika kengashiga shaxsan oʻzim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengashlariga esa hokimlar bosh boʻladi.
Shuningdek, yuqori malakali, doim oʻz ustida ishlaydigan “xalq oʻqituvchilari”ni keng qoʻllab-quvvatlash uchun Xalq taʼlimi vazirining jamgʻarmasi tashkil etiladi va unga dastlab byudjetdan 300 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0